Get Mystery Box with random crypto!

QOʻLINGIZDAN KELADIGAN 20 TA FOYDALI ISH Sogʻlom turmush tarz | Lion | Motivator

QOʻLINGIZDAN KELADIGAN 20 TA FOYDALI ISH

Sogʻlom turmush tarziga erishish uchun psixologlar quyidagi 20 ta foydali ishni kun tartibiga kiritishni tavsiya etishgan:

1. Doim bir xil vaqtda uxlang, bir xil vaqtda uygʻoning.
2. Nonushta, tushlik, kechki ovqatni har kuni bir vaqtda tanovul qiling.
3. Bir sutkada 8 soatdan koʻp uxlamang.
4. Yotishdan oldin bir oz piyoda yuring, toza havodan bahramand boʻling.
5. Kun davomida kamida 1,5 litr suv iching.
6. Har kuni meva-sabzavotlar yeng.
7. Yotishdan oldin bir stakan qatiq iching.
8. Kun davomida kompyuterdan 2 soatdan ortiq foydalanmang.
9. Tashqi koʻrinishingizga eʼtibor bering.
10. Saharda yuguring yoki piyoda yuring.
11. Sport bilan shugʻullaning.
12. Tabassum qiling.
13. Har kuni 5 ta yangi soʻz oʻrganing.
14. Har kuni uyingizni tartibga soling, keraksiz narsalardan voz keching.
15. Ertalabki badantarbiyani kanda qilmang.
16. Har kuni yangi narsa oʻrganishga harakat qiling, bugungi kuningiz kechagisidan farq qilsin.
17. Har kuni kamida 10-15 sahifa kitob oʻqing.
18. Oʻzingizda sabr-qanoat fazilatini shakllantiring.
19. Insonlarga chiroyli muomalada boʻling.
20. Faqat yaxshi niyat qiling.

Muhammad Ali Eshonqulov

@lion_motivator