Apple 8-mart kuni boʻlib oʻtadigan taqdimot uchun jurnalistlar | Link Teach

Apple 8-mart kuni boʻlib oʻtadigan taqdimot uchun jurnalistlarga taklifnoma yubordi, deya xabar beradi CNBC. Tadbir Peek Performance deb nomlanadi. Apple veb-sayti va YouTube kanalida Toshkent vaqti bilan soat 23:00 da translyatsiyani boshlaydi.

Apple iPhone SEʼning 5G bilan taʼminlangani va barmoq izlari skaneri bilan jihozlangan yangi versiyasini, iPad Airʼning yangi versiyasi va iOS 15.4 niqobli yuzni tanish va boshqa funksiyalarni eʼlon qilishi mumkin, deb yozadi nashr tahlilchilarga tayanib.

2021-yil oktyabr oyidagi soʻnggi taqdimotda Apple yangi MacBook Proʻni taqdim etdi. 2021-yil bahorgi tadbirda kompaniya yangi iPad va iMacʼni namoyish etdi.

Obuna bo'lish uchun:
Telegram          Instagram