Get Mystery Box with random crypto!

SPEAKINGni uyda mustaqil oshirish Ko’pchilik ingliz tilida so | Linguabarno

SPEAKINGni uyda mustaqil oshirish

Ko’pchilik ingliz tilida so’zlashuv qobiliyatini oshirish uchun partnyor kerak deb o’ylaydi. Ammo bu AFSONA

1. Har kuni biror mavzuga oidga mavzulashtirilgan lug’at yodlang va uni ishlatgan holda hikoya tuzib ovozingizni diktofonga yozib olib o’zingizni tekshiring. Erinmang! Kerak bo’lsa 10 marta qayta yozing ovozingizni!

2. Kundalik muloqotda ishlatadigan so’zlaringizni doimo tarjima qilib yuring. Masalan; Svetni yoqdim. Darslarimni tugatdim. Va hokazo.

3. Oyna qarshisida o’zingizga o’zingiz biror mavzu haqida ma’ruza qiling yoki xonangizda bor biror detalni batafsil tasvirlab bering.

4. Sifatlar uchun alohida va fe’llar uchun alohida daftar tuting va ko’p-ko’p sifat va fe’l so’z turkumlariga oid so’zlarni muntazam yodlab boring. Yodlagan so’zlaringizni aktivlashtiring, ya’ni so’zlashuvda ishlating.

5. “Ted Talk” ilovasini yuklab oling va o’zingizga yoqqan mavzudagi ma’ruzani diqqat bilan tinglang va matn formatini olib videodagi so’zlovchiga taqlid qilib so’zlab bering.


@linguabarno