Get Mystery Box with random crypto!

O’smirlik vaqtimda, uyimiz oldidagi kutubxonani topib olganman | Linguabarno

O’smirlik vaqtimda, uyimiz oldidagi kutubxonani topib olganman…

Eski, hech kim kirmay ketgan, kitoblari changib yotadigan kutubxona. Bir qator, yengil parda ilingan oynalaridan, kutubxonani faqat oyna bor xonalariga, iliq nur kirib turardi.

Yoshligimda umuman telefonim bo’lmagan va chalg’ish uchun, dam olish uchun, badiiy kitoblarni o’qirdim. Rus sinfda o’qiganman, Dostoyevskiy, Tolstoylarni kitoblarini, serial ko’rgandek, ichim qizib, keyingi varog’ida nima bo’larkin endi deb, soatlab, ichiga sho’ng’ib o’qirdim. Ichimni shunday yondiradigan hobbiyim uchun, bunday joy topilganida, shunaqangi hursand bo’lganman!

Eng yaxshi ko’rgan mashg’ulotim, eng eski kitoblarni topib, ochish edi! Bu kitoblardan, odam uchun eng yoqimli, yomg’irdan keyin nam yerdan keladigan hidga o’xshash, eski varoqlarni ifori taralar edi. 2-3 yil davomida, maktabdan keyin, darrov kutubxonaga yugurar edim.

Mayingina yoriqlik tushib turadigan oyna ostidagi stolga o’tirib, yangi olamlarni o’zim uchun kashf qilar edim. Shu vaqtlarni sog’indim.. Qaniydi vaqtim bo’lsayu, yana soatlab badiiy kitob o’qiy olsam