Get Mystery Box with random crypto!

​​​​ Barcha ayollarni 8 mart ayyomi bilan chin qalbimdan tab | Lily's blog

​​​​ Barcha ayollarni 8 mart ayyomi bilan chin qalbimdan tabriklayman.
Bu bayram, 1909-1910 yillarda ayollarning o’z huquqlarini talab qilishlari bilan boshlangan. Xalqaro ayollar kunini nishonlash g'oyasi Germaniyalik Klara Zetkinga tegishli bo’lib, bu ayol ayollar muammolarini hal qilish, ularni jamiyatda erkaklar bilan birga teng huquqli bo’lishlari uchun kurashgan hamda turli mitinglar uyushtirgan.
Bugunga kelib esa, ayollar ko’plab javhalarda o’z mahoratlarini ko’rsatib kelmoqdalar. Matonat bobida ham tengi yo’q ayollarimizni yana bir bor tabriklab qolaman. Umringiz uzoq hamda go’zal bo’lsin.