Get Mystery Box with random crypto!

Chorshanba kuni Oy va Yer o‘rtasidagi masofa 2022 yildagi mini | life | Khusniddin

Chorshanba kuni Oy va Yer o‘rtasidagi masofa 2022 yildagi minimum darajaga tushadi.
Shu kunlarda dunyo aholisi kechalari Oy borgan sari “kattalashib” borayotganiga guvoh bo‘lmoqda.
Space.com xabariga ko‘ra, 13 iyul Toshkent vaqti bilan soat 14:00 atrofida Yer sayyorasi va uning tabiiy yo‘ldoshi o‘rtasidagi masofa 357 264 kilometrgacha qisqaradi va bu 2022 yildagi eng yaqin masofa bo‘ladi.
Mazkur super Oy hodisasidan 9 soat-u 38 daqiqa o‘tib, Oy rasman to‘ladi.