Get Mystery Box with random crypto!

Bir gap. Bir insonni yaxshi bilmay, tanimay turib u xaqida mux | ©𝓛𝓲𝓯𝓮 𝓼𝔂𝓶𝓹𝓱𝓸𝓷𝔂

Bir gap.
Bir insonni yaxshi bilmay, tanimay turib u xaqida muxokama qilmang.
Chunki siz uni xayotida yashab ko'rmagansiz...
U yo'qotgan bolalikni birga yo'qotmagansiz, u ko'rgan kunlarni birga ko'rmagansiz, oyoq kiyimini kiyib u bosgan yo'ldan yurmagansiz, uning qaro kunlari tugul xatto ko'z yoshlariga xam guvoh bo'lmagansiz.

Nega gapirasiz?
Qo'ying, sizga na dunyo va na oxiratingizga manfaati bo'lmagan narsalarni tark qiling, birovlarni gapirmang. Amal daftaringizga ortiqcha yuk yuklamang. Parxezkor bo'ling. Kim qanaqa ekanini faqat Alloh biladi. Qalblarni Alloh biladi!

Tilni tiying qisqasi.

@life_simphony