Get Mystery Box with random crypto!

#Jony1-qism JONY-Rossiyalik xonanda, musiqachi . Asl ismi Jah | 𝓛𝓲𝓮𝓽𝓮𝔃𝔃𝓪 🕊

#Jony1-qism

JONY-Rossiyalik xonanda, musiqachi . Asl ismi Jahid Guseynli Afrail o’g’li 1996- yil 29-fevralda Azarbayjonning Baku shahrida tug’ilgan. Otasi Afrail Guseynli Onasi Amina Gusenova va akasi Tural Guseynli .

4 yoshida oilasi bilan birga Moskvaga ko’chib kelgan. Jony deb atalishining sababi Jony doimo Jony Barvo nomli multfilmni yoqtirib kuzatgan va shundan keyin Onasi uni Jony deb chaqira boshlagan va maktabga uning to’liq ismini aytishga qiynalishganidan keyin u o’zini shunchaki Jony deb chaqirishlarini so’ragan.

Maktab vaqtidayoq unda ajoyib iqtidor borligini bilishgan xatto Musiqa bilan bog’liq tadbirlarda Jonyni kuylashini istashgan bu esa Jony o’zini musiqa bilan bog’lashi kerakligini tushunib yetishga sababchi bo’lgan. Ammo uning otasi o’g’lini qo’shiqchi bo’lishini istamagаn va shuning uchun u maktabdan keyin 16 yoshida Biznes yo’nalishi bilan bog’liq Universitetga kirgan, otasi Tadbirkor bo’lganligi uchun uni ham o’z ishini davom ettirishini xoxlagan lekin Jony 22 yoshida otasidan uni o’zi istagan musiqa yo’nalishida sinab ko’rishiga ruxsat berishini so’ragan.

Nihoyat Jony uni coverlarini instagramda kuzatib unga birgalikda ishlashni xohlab yozgan xonanda Elman bilan Raava Musicda birgalikda ishlay boshlagan va 2018 yilda uzining birinchi qo’shig’i ,,Пустой Стакан’’ va ,,Френдзона’’ ,,Аллея’’ ,,Комета’’ qo’shiqlari uni mashhurlikka olib keldi
Jony shundan keyin juda ko’plab xitlarning asoschisi bo’lib hozirda milionlab muxlislari bor .
Hozirda Jony Raavani tark etib yakka uzi davom etmoqda Raavadan ketishiga sabab nomalum bu haqida hech qaysi intervyulada aniq javob berilmagan)

Jony doimo uni qo’llab quvatlagan onasidan minnatdorligini va unga shunday imkon berishganligigi uchun rahmat aytishini aytib o’tadi . Jonyni nafaqat yashi xonanda balki juda samimiy inson, do’stona va oqko’ngil ekanligini ko’pchilik hamkasblari va muxlislari takidlaydi.
Ko’pgina shoubiznes vakillari kabi u yulduzlik kasaliga uchramaganligi hammani u haqida doimo iliq so’zlarni aytishga sababchi bo’ladi

Jony intervyularining birida : “Men uchun insonning kimligi, u nima bilan shug’ullanishi yoki qanaqa darajadaligi( moddiy ahvoli) yoki uning tashqi tuzilishi muhim emas va insonni faqatgina qalban chiroyli bo’lishi kerak deb o’ylayman” deb aytib o’tgan.

Bundan tashqari Jony doimo orzularga ishonish kerakligini va ular albatta amalga oshishini va u qo’shiqchi bo’lishni istagan va buni doimo orzu qilgani haqida aytib o’tadi va u musiqada maxsus ta’lim olmasdan ham shu orzusi amalga oshgan!
@lietezza8092