Get Mystery Box with random crypto!

LIDER TILCHILAR | Diloyat Obidova

Telegram kanalining logotibi lidertilchilar — LIDER TILCHILAR | Diloyat Obidova L
Telegram kanalining logotibi lidertilchilar — LIDER TILCHILAR | Diloyat Obidova
Kanal manzili: @lidertilchilar
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 2.64K
Kanalning ta’rifi

RESPUBLIKAMIZNING ENG LIDER TILCHILARI UCHUN!📣
ONA TILI VA ADABIYOT FANI O'QITUVCHILARI UCHUN TASHKIL ETILGAN.
KANALDA:
🕐MILLIY SERTIFIKAT
🧾MA'LUMOTLAR
⭕METODIK TAVSIYALAR
✔Joylanadi.
Murojaat: @DILOYAT_OBIDOVA

Ratings & Reviews

3.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-07-20 07:44:47
@LiderTilchilar
259 viewsDILOYAT OBIDOVA, edited  04:44
Ochish/sharhlash
2022-07-20 07:44:47
6-sinf adabiyot fanidan ko'rgazma



@LiderTilchilar
244 viewsDILOYAT OBIDOVA, edited  04:44
Ochish/sharhlash
2022-07-20 07:44:47
5-sinf adabiyot fanidan ko'rgazma



@LiderTilchilar
233 viewsDILOYAT OBIDOVA, edited  04:44
Ochish/sharhlash
2022-07-20 07:41:02 TUTUQ BELGISI
Tutuq belgisi - lotin alifbosida yoziladigan tillarda ishlailadigan belgi. Bu belgi ko‘plab tillarda, jumladan polineziya tillarida
fonetik ayirishni ifodalaydi. Tutuq belgisi g‘arb tillarida “apostrof”, polinez tillarida esa “okina” deb ataladi.
Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida 29 harfdan keyin keladi. Alifbomizda bu belgi kirill alifbosidagi ayirish belgisi
(“ъ”) o‘rnida qo’llaniladi. Tutuq belgisi mavjud so‘zlar bizga asosan arab tilidan kirib kelgan. Chunki u tildagi “ayn” harfi va
ba’zi o‘rinlarda “hamza” belgisi bizning alifbomizda yo‘q. Shuning uchun ular tutuq belgisi bilan ifodalanadi.
O‘zbek alifbosida tutuq belgisiga ma’lum vazifalar yuklangan. Bu vazifalar quyidagilar:
1. Unli tovushlardan keyin kelib, unlining cho‘ziqroq aytilishini ta’minlaydi. a’lo, ta’lim, ba’zan, e’lon, fe’l;
2. Unlidan oldin qo‘yilib, unlini undosh tovushdan ajratilib aytilishini ta’minlaydi. in’om, san’at, mas’ul, qat’iy;
3. S va h harflarni sh harfidan farqlash uchun ishlatiladi. Is’hoq, mus’haf, as’hob kabi.
Eslatmalar:
1. Mo‘jiza, mo‘tadil, mo‘tabar, mo‘jaz kabi so‘zlarda o‘ unlisi cho‘ziqroq aytiladi, lekin tutuq belgisi qo‘yilmaydi.
2. Tutuq belgisi farqlash vazifasini ham bajaradi va paronimlarning yuzaga kelishiga asos bo‘ladi. a’yon-ayon, buq’a-buqa,
da’vo- davo, qal’a-qala, ta’na-tana, ta’rif-tarif
3. O‘zbek tilida g, o, o‘, ch harflari bilan boshlanuvchi so‘zlarda tutuq belgisi uchramaydi.
"A"
Al'amon
Arshi a'lo
As'asa -dabdaba
As'hob
A'lam
A'lo
A'mol
A'yon
A'zam
A'zo
A'zoyi badan
"B"
Badfe'l
Badta’m
Bama'ni
Ba'd
Ba'daz
Ba'zan
Ba'zi
Beta'sir
Bid'at
Bil'aks
"D"
Da'vat
Da'vo
"E"
E'lon
E'tibor
E'tiboran
E'tiqod
E'tirof
E'tiroz
E'zoz
E'zozlamoq
"F"
Fe'l
"H"
Hayit-ma'raka
Hay'at
"I"
Ilm-ma'rifat
In'ikos
In'om
Iste'dod
Iste'fo
Iste'mol
Itfe'l
"J"
Jur'at
"K"
Ka'ba
Ka'batullo(h)
"L"
La'l
La'li (patnis)
La'nat
La'nati
"M"
Madaniy-ma'rifiy
Mal'un
Mas'ud
Mas'ul
Mas'uliyat
Mash'al
Mash'ala
Mash'um
Ma'dan
Ma'lum
Ma'lumot
Ma'mur
Ma'muriy
Ma'muriyat
Ma'nan
Ma'naviy
Ma'naviyat
Ma'no
Ma'qul
Ma'raka
Ma'ramoq
Ma'rifat
Ma'rifiy
Ma'ruf
Ma'ruza
Ma'sum
Ma'tal
Ma'yus
Ma'zur
Ma'shuq(a)
Me'da
Me'mor
Me'moriy
Me'yor
Me'yoriy
Minba'd
"N"
Nash'a
Na'matak
Na'ra
Ne'mat
Noan'anaviy
Noma'lum
Noma'qbul
Noz-ne'mat
"P"
Purma'no
"Q"
Qal'a
Qat'iy
Qat'iyan
Qat'iyat
Qa'da
Qa'r
Qit'a
Qur'a
Qur'on
"R"
Ra'no
Ra'y
"S"
San'at
Sa'va
Sa'y
Sa'y-harakat
Suiiste'mol
Sur'at
"T"
Tal'at
Ta'b
Ta'bir
Ta'kid
Ta'lim
Ta'lim
Ta'limiy
Ta'limot
Ta'lim-tarbiya
Ta'm
Ta'min
Ta'minot
Ta'mir
Ta'mirtalab
Ta'na
Ta'qib
Ta'rif
Ta'rif-tavsif
Ta'sir
Ta'sirchan
Ta'sis
Ta'til
Ta'viya
Ta'zim
Ta'zir
Ta'ziya
"U"
Umumta'lim
Uzr-ma'zur
"V"
Valine'mat
Va'da
Va'daboz
Va'z
Va'z-nasihat
"X"
Xayr-ma'zur
Xil'at
Xushfe'l
Xushta'm
"Y"
Ya'juj-ma'juj
Ya'ni
"Z"
Za'far
Za'faron
" G' "
G'ayrishar'iy
"Sh"
Shar'an
Shar'iy
Sha'bon
Sha'n
Sha'n-shavkat
She'r
She'riyat


Ma'lumotlarimiz linksiz ko'chirilmasin!
Hurmatli admin( ka) lar

@LiderTilchilar
335 viewsDILOYAT OBIDOVA, edited  04:41
Ochish/sharhlash
2022-07-20 07:41:02 «X» VA «H» MA’NO FARQLOVCHI SO‘ZLAR

Halq – halqum
Xalq – el

Ham – (yuklama yoki bog‘lovchi)
Xam – egik

Har – belgilash olmoshi
Xar - eshak

Hayoli – iboli
Xayoli – o‘yi

Hirs – nafsoniy istak
Xirs – ayiq

Hil-hil – ezilib pishgan
Xil-xil – rang-barang

Hiyla – nayrang
Xiyla – ancha

Hol – holat, vaziyatda
Xol – badandagi tug‘ma belgi

Holi – ahvoli
Xoli – yolg‘iz

Hosiyat – his etmoq
Xosiyat – belgi-xususiyat

Hur – ozod; malak
Xur – taqlid so‘z

Hush – ong, aql
Xush – yaxshi
301 viewsDILOYAT OBIDOVA, 04:41
Ochish/sharhlash
2022-07-20 07:39:13 Diiqqat:
Yangilik

Yozni bekor o'tkizmang .
Attestatsiyaga tayyorlov kursimizga qo'shillng



Haftada 4 kun ona tili va 2 kun adabiyot .

O dan ona tili
5- sinfdan adabiyiot.

Mavzu va test.
Murakkab testlar tahlil qilinadi .



Kurs narxi : 100 000 so'm.



Online repititor :
@Diloyat_Obidova

Kurs: 11.07.2022.Boshlandi.

Hali ham kursimizga yozilmoqchi bo'lganlar uchun imkon bor ...





Milliy sertifikat kursimizda o'qiganlarga chegirma bor.


@LiderTilchilar.
279 viewsDILOYAT OBIDOVA, 04:39
Ochish/sharhlash
2022-07-20 07:14:54
Assalom alaykum!
Barchaga xayrli kun!

#Motivasiya


Har bir ishga ijodkorlik va ma'suliyat bilan yondoshing.O'z imkoniyatingizdan ortig'i bilan foydalaning...
Chunki o'limdan boshqa har ishning iloji bor.
Iloji yo'q,degan jumlani leksikologiyangizdan olib tashlang.
Hammasini uddalaysiz ...
Oliy toifa
Milliy sertifikat
Xalqaro sertifikat
O'quvchilaringizdan natija
100 li ustama
Hammasi qo'lingizdan keladi, chunki insoniyat erishgan natijalar bu .
Siz yangi Galaktika ochayotganingiz yoq, shunchaki ilmingizni oshirib, o'z ustingizda ishlab amalga oshirish mumkin bo'lgan oddiy yo'l va nurli manzil.

Lekin sizdan talab ozgina mablag' sarflash va mehnat ,harakat!


Diloyat Obidova

@LiderTilchilar
381 viewsDILOYAT OBIDOVA, edited  04:14
Ochish/sharhlash
2022-07-19 13:12:41
Дангасалик ёки хохламаслик фаоллашганда...."10 дакика усули" кулланг...

Агар бирор бир юмушни бажаришни истамай, вакт чузишни одат тусига киритаёган булсангиз, билингки, бу пайтда мия дангасаликни "ёкволаётган" булади. Мияни ишлатиш учун, яъни дангасаликни "учириб", фаолликни "ёкмокчи" булсангиз...

Узингизга "10 дакика мана шу иш билан банд киламан узимни, факат 10 дакика", денг, ва (бажаришни истамаётган) ишга киришинг.
Шу вакт ичида мия чалгиб, ишга тулик кuришиб кетганингизни узингиз хам сезмай коласиз...
548 viewsDILOYAT OBIDOVA, 10:12
Ochish/sharhlash
2022-07-19 12:11:12 Adabiyot: 5-sinf.
Imom Buxoriy had
diislari yuzasidan savolllar :

Hadislar yuzasidan savollar:
1.Ahli jannat va ahli do'zax egalari kimlar?Va bu haqdagi hadis qaysi?
2.Anas ibn Molik kim?
3.Qaysi toifadagi odamlarga hasad qilmoq joiz emas?
4.Zakot berib , ikki karra savobga ega bo'lgan kimsalar ?
5.Olloh kimni izza qiladi ?
6.Qavl so'zi qanday ma'noni ifodalaydi.
7.Mo'min ,fosiq,kofir kishilar haqida hadisda nima deyilgan?
8.Ammor ibn Yosir kim?
9.Kimning kafilini olgan kimsa bilan Rasululloh sollallohi alayhi vassalam jannatda ikkimiz yonma - yon yashaymiz deganlar?
10.Islomdagi eng yaxshi xislatlar?..
11.Qarindoshiga zakot bergan odam qanday savoblarga ega bo'ladi?

Kursimiz darslaridan lavhalar ...

Diloyat Obidova

@LiderTilchilar
516 viewsDILOYAT OBIDOVA, edited  09:11
Ochish/sharhlash
2022-07-19 09:01:59 Bilim qanday egallanadi? Zamonaviy maktab asosini tashkil etuvchi yetakchi taʼlim nazariyalari


Bizning kanalimizdagi materillarni linksiz ko'chirmang!.
Admin(ka) lar ..



@LiderTilchilar
467 viewsDILOYAT OBIDOVA, edited  06:01
Ochish/sharhlash