Get Mystery Box with random crypto!

Bugunning o'qituvchisi qanday bo'lishi kerak? Bugunning zamo | LIDER TILCHILAR | Diloyat Obidova

Bugunning o'qituvchisi qanday bo'lishi kerak?

Bugunning zamonaviy o‘qituvchisi o‘quvchilarga samarali ta’lim berishda, avvalo, ularning yoshini hisobga olishi va еng yuqori darajada ta’lim berish uchun esa quyidagi foydali maslahatlarga amal qilishi lozim:

Bilim berishda ijobiy muhit yarating.

Unutmang, o‘quvchilar doimo ijobiy muhitda bilim olishga oshiqishadi. Shuning uchun ularga tengdoshlari bilan ishlay oladigan muhit yaratishga harakat qiling. Har bir o‘quvchining javobini tinglab, bilim olishga bo‘lgan qiziqishini oshiring.

Darsda turli yondashuvlardan foydalaning.

Tadqiqotchilarning ma’lumotlariga ko‘ra, yoshi kichik o‘quvchilar bir vaqtda atigi 10—15 daqiqagina diqqatlarini jamlay olishar ekan. Shuning uchun bitta mashg‘ulotni 15 daqiqadan oshirib yubormang. Darslarning o‘yin, musobaqa tarzida noan’anaviyligini oshiring. Yetakchi o‘zingiz bo‘ling. Shunda sinf boshqaruvida muammolarga duch kelmaysiz.

Tartib-intizomni saqlashda qo‘l ishorasidan foy­dalaning.

Sinfni boshqarish yosh o‘quvchilar bilan ishlaydigan o‘qituvchilar uchun asosiy muammolardan biri sanaladi. Siz izchil bo‘lishingiz kerak. Muammolarni hal qilish uchun darsingizni bo‘lishga odatlanmang. Salbiy xulq-atvorlarni bartaraf etishning eng yaxshi usullaridan biri qo‘l bilan ishora qilishdir. O‘quvchilaringizga dars avvalida har bir qo‘l ishorasi nimani anglatishini bildirib qo‘ysangiz, bas.



@LiderTilchilar