Get Mystery Box with random crypto!

Bugun 20-iyun 2022-yil, Dushanba BAYRAMLAR:  BMT —  | LIDER TARIXCHILAR UCHUN KANAL

Bugun 20-iyun 2022-yil, Dushanba

BAYRAMLAR:

 BMT — Butunjahon qochoqlar kuni.
Xalqaro hayvonot bog‘laridagi fillarni himoya qilish kuni.

MILLIY:

 Ozarbayjon — Gaz xo‘jaligi xodimlari kuni.
 Argentina — Milliy bayroq kuni.
Finlandiya - Finlandiya bayrog‘i kuni.
 Senegal — Mustaqillik kuni.
 O‘zbekiston — Mustaqillik deklaratsiyasi qabul qilingan kun.

VOQEALAR:

404 - 360-yil 15 oktyabrda  cherkov sifatida bino qilingan Ayasofiya  404-yil 20 iyunda  sodir bo’lgan isyonda yoqib yuborildi.
451 — Kataloniyadagi jang. 
1685 — Angliyada Monmut qo’zg’oloni.
1792 - Buyuk fransuz inqilobi: Parijda xalq qo‘zg‘oloni.
1793 - Amerikalik Eli Uitni paxta tozalash mashinasiga patent oldi.
1837 - Viktoriya I Buyuk Britaniya taxtiga ‘o‘tirdi.
1840 - Amerikalik taniqli rassom Samuel Morze telegraf patentini oldi.
1895 - Boltiq va Shimoliy dengizlarini bog‘lovchi Kil kanali ochildi.
  1933 - Klara Setkin Moskvada surgun yillarida vafot etdi.
1945 - Reyxstag ustiga o‘rnatulgan g‘alaba bayrog‘i Berlindan Moskvaga olib kelindi.
1990 — Olmoniya poytaxti  Bonndan Berlinga ko’chdi.
1990 — Oʻz SSR Oliy Soveti  Oʻzbekiston mustaqillik deklaratsiyasini qabul qildi.
1990 - Latviyada 1922-yilgi konstitutsiya qayta tiklandi.
2003 - Vikimideya fondi tuzildi.

TAVALLUDLAR:

1583 - Sigizmund Vaza - Polsha qiroli, Buyuk litva knyazi (1587-1632) va shved qiroli (1592-1599).
1819 - Jak Offenbax - fransuz bastakori, mumtoz operetta asoschisi.
1861 - Ser Frederik Goulend Xopkins - ingliz medigi va bioximik, Nobel mukofoti sohibi (1929).
1915 - Terens Yang - ingliz kinoressyori va ssenariychisi.
1932 - Sayfi Jalil - taniqli kompozitor, sozanda va dirijyor, O‘zbekiston xalq artisti.
1932 - Robert Rojdestvenskiy - rus sovet shoiri va tarjimon.
1967 - Nikol Kidman - avstraliyalik aktrisa, “Oskar”, BAFTA, “Oltin globus” kabi mukofotlar sohibasi.
1978 - Frenk Lempard - ingliz futbolchisi, murabbiy va bolalar yozuvchisi.
https://t.me/tarixchilarchati
https://t.me/lidertarixchilarkanali