Get Mystery Box with random crypto!

#Kechki_mutolaa O‘tkir Hoshimovning 'Urushning so'nggi qurbon | LIDERLAR

#Kechki_mutolaa

O‘tkir Hoshimovning "Urushning so'nggi qurboni" hikoyasi.

“Menga desa otib tashlamaydimi? “ deb o’yladi yana o’shanday zarda bilan. Shu topda negadir bolalarini emas, xotinini ham emas, ukasini o’yladi. Shone’mat bolaligida ham zaifgina edi. Shoikrom uni har kuni maktabdan o’zi olib kelar, ikkinchi smenada dars tugaguncha poylab o’tirardi. Otasi o’lganida Shoikrom oltinchida, ukasi ikkinchida o’qirdi. O’shanda Shone’mat yig’lamagan, ammo ichikib kasal bo’lib qolgandi. Ona-bola uni avaylab katta qilishdi. Endi bo’lsa, besh kunligi qoldimi yo’qmi, aka bo’lib xabar ham ololmaydi.

https://t.me/otabek_khasanov