Get Mystery Box with random crypto!

​​​​NASA kosmik tadqiqotlar ilmiy markazidagi 'Asalari' nomli | LIDERLAR

​​​​NASA kosmik tadqiqotlar ilmiy markazidagi "Asalari" nomli devoriy suratda shunday deb yozilgan:

«Aerodinamika qoidalariga koʻra, asalarilari tanasi uchishga yaroqsizdir, ammo uning oʻzi bundan bexabarligi -- ayni muddao.»
Fizika qonunlariga koʻra, asalarining jussasi qanotlariga nisbatan ancha katta - bunday ogʻir yuk bilan parvoz qilish imkonsiz. Baxtga qarshi asalari bu noqulaylikdan bexabar.

Asalari:
U uchishi mumkinligiga ishonadi,
U uchishi mumkinligini biladi,
U parvoz uchun tugʻilgan.
Oʻylab koʻring, asalari haqiqatni bilganida nima boʻlar edi?
Tasavvur qiling-a, «sen ucha olmaysan», degan birgina gap uning imkoniyatlarini toʻsib, parvoz qilishdan toʻxtatib qolsa, tugʻilishi bilan atrofdagi cheklovlar unga asalari emas, yerdagi qumursqa boʻlishini belgilab bersa...
Bu holat asalari bilan roʻy bermaydi, ammo aksariyat odamlarning taqdiri shunday yakun topadi -- baʼzan muhit yoki boshqalarning fikri bizning qanotlarimizni kesib, parvoz qilishga yoʻl qoʻymaydi. Hayotga boshqacha koʻz bilan qarash uchun «sen ucha olmaysan» qabilidagi qoidalarni inkor qilish kerak.
Sizni parvozga boshlaydigan chinakam kuch tashqarida emas, ichkarida, u - ishonchdir.
Sizda nimalar jam, nega tugʻilgansiz va maqsadingiz nima?
Esda tuting: Siz kimning nima deyishiga qaramay, har qanday vaziyatda har qanday qiyinchiliklarni yengib oʻtishingiz mumkin.

"Biz gʻalaba qozonamiz"

@liderlar1