Get Mystery Box with random crypto!

​​Qatiyat Bir bolakayning tug‘ilganidan chap oyog‘i o‘ngidan | LIDERLAR

​​Qatiyat

Bir bolakayning tug‘ilganidan chap oyog‘i o‘ngidan 6 sm kalta edi. Shunda shifokorlar unga yurishni ham eplasang katta gap deyishdi. U esa ulg‘ayib, futbol bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi. 2 marta!

Ikkinchi bolaga kichkinaligida yurak yetishmovchiligi tashxisini qo‘yishdi va jismoniy tarbiya darslaridan doimiy ozod qilishdi. U katta bo‘lib, xokkey bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi. 8 marta!

Uchinchi bolakay 11 yoshida bo‘y gormoni yetishmagani tufayli bo‘y va vazn borasida tengdoshlaridan ancha ortda qolib yurardi. U keyin FIFAning dunyoning eng yaxshi futbolchisiga atalgan "oltin to‘pi"ni oldi. 6 marta!

To‘rtinchi yigitchaga 21 yoshida atigi ikki yillik umri qolganligini aytishdi. U esa 76 yoshgacha yashadi. U yozgan kitob 10 millionlab nusxada nashr etildi.
Bular: Biri Garrincha! Ikkinchisi Xarlamov! Uchinchisi Messi! Törtinchisi esa Xoking!
Bu insonlar qiyinchiliklarga qaramasdan shu darajalrga erishdilar Sizda esa bulardan köproq imkoniyat g'ayrat va kuch bor. Siz ham öz betakrorligingizni namoyon qiling.

Tayyorladi: Jamoliddin