Get Mystery Box with random crypto!

#Zahiriddin #Muhammad #Bobur Jonimdin oʻzga yori vafodor topm | Лидер УСТОЗ

#Zahiriddin #Muhammad #Bobur

Jonimdin oʻzga yori vafodor topmadim,
Koʻnglumdin oʻzga mahrami asror topmadim.

Jonimdin oʻzga jonni dilafkor koʻrmadim,
Koʻnglum kibi koʻngulni giriftor topmadim.

Usruk koʻziga toki koʻngul boʻldi mubtalo,
Hargiz bu telbani yana hushyor topmadim.

Nochor furqati bila xoʻy etmisham, netay,
Chun vasligʻa oʻzumni sazovor topmadim.

Bore boray eshigiga bu navbat, ey koʻngul,
Nechaki borib eshigiga bor topmadim.

Bobur, oʻzungni oʻrgatakoʻr yorsizki, men
Istab jahonni muncha qilib yor topmadim.

LIDER USTOZ
𝐊𝐚𝐧𝐚𝐥𝐢𝐠𝐚 𝐨𝐛𝐮𝐧𝐚 𝐛𝐨'𝐥𝐢𝐧𝐠
https://t.me/Lider_ustoz