Get Mystery Box with random crypto!

​​ Xoʻroz har kuni tongda qichqirib odamlarni uygʻotar edi. U | Лидер УСТОЗ

​​ Xoʻroz har kuni tongda qichqirib odamlarni uygʻotar edi. Uning egasi unga: “Sen bizni bezovta qilayapsan. Yana tongda qichqirib bizni bezovta qilsang patingni bitta qolmasdan yulib olaman”, dedi.
Xoʻroz qoʻrqdi. Oʻziga oʻzi: “Zarurat man qilingan narsalarni muboh qiladi-ku! Jonimni saqlash uchun qichqirmasligim sharʼiy siyosatdir. Mendan boshqa xoʻroz bordir qichqiradigan”, deya qichqirishdan toʻxtadi.
Shu kundan eʼtiboran uning ovozini hech kim eshitmadi.

Bir haftadan soʻng egasi kelib: “Sening borligingdan nima foyda? Hech boʻlmasa tovuqlarga oʻxshab ”qo-qoq“laysan endi. Boʻlmasa patingni bitta qolmay yulib olaman”, dedi.
Xoʻroz endi qoʻrqqanidan tovuqlarga oʻxshab “qo-qoq” lay boshladi.
Bir oydan soʻng xoʻrozning egasi kelib xoʻrozga: “Har kuni bitta tuxum tugʻmasang seni soʻyib yeyman”, dedi.
Shunda xoʻroz:
“Koshki oʻsha paytda qichqirib oʻlib ketganimda edi!”, dedi.

Kanal manzili
┄┅অঠই✯❅❅✯ইঠঅ┅┄
LIDER USTOZ
𝐊𝐚𝐧𝐚𝐥𝐢𝐠𝐚 𝐨𝐛𝐮𝐧𝐚 𝐛𝐨'𝐥𝐢𝐧𝐠
https://t.me/Lider_ustoz