Get Mystery Box with random crypto!

Lider Matematika (Shohruh Saparov)

Telegram kanalining logotibi lider_matematika — Lider Matematika (Shohruh Saparov) L
Telegram kanalining logotibi lider_matematika — Lider Matematika (Shohruh Saparov)
Kanal manzili: @lider_matematika
Toifalar: Taʼlim
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 519
Kanalning ta’rifi

Matematikaga qiziqishi bòlgan har qanday yoshdagi insonni ushbu kanalni kuzatishlarini tavsiya qilaman.
Matematikani @Lider_Matematika dan mukammal òrganamiz.
Rasmiy blogim: @shohruh_saparov
Admin: @saparov_shohruh

Ratings & Reviews

3.33

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

1

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2022-06-19 06:12:31 Biror A Sonning barcha qismlari.

Avval A sonni tub ko'paytuvchilarga ajratib olamiz: A=a^m•b^n•c^k....

A sonning tub ko'paytuvchilarga ajratilish yoyilmasi A sonning kanonik yoyilmasi deyiladi.
a-juft, b,c-toq shunday bo'lishi mumkin degan maqasadda shunday deb yozdim.
1. NBS(A)- natural bo'luvchilar soni(umumiy bo'luvchilar soni)
NBS(A)=(m+1)×(n+1)×(k+1)....
2. TBS-tub bo'luvchilar soni
TBS(A)= A sonning kanonik yoyilmasidagi tub sonlar soni
3. TBBS-tub bo'lmagan bo'luvchilar son
TBBS(A)=NBS(A)-TBS(A)
4. MBS-murakkab bo'luvchilar soni
MBS(A)=NBS(A)-TBS(A)-1=TBBS(A)-1
5. BBS-butun bo'luvchilar soni
BBS(A)=2NBS(A)
6. TBS-toq bo'luvchilar soni. men boshida b,c-toq deb o'tdim, toq bo'luvchilar sonini topish uchun b va c darajalariga bir qo'shib ikkalasini ko'paytirib qo'ysak tub bo'luvchilar soni kelib chiqadi....
TBS(A)=(n+1)×(k+1)
7. JBS-juft bo'luvchilar soni
jBS(A)=NBS(A)-tBS(A)
8. NBY-natural no'luvchilar yig'indisi
NBY(A)=(a^(m+1)-1)/(a-1)×(b^(n+1)-1)/(b-1)×(c^(k+1)-1)/(c-1)
9. BBY-butun bo'luvchilar yig'indisi
BBY(A)=0
10. TBY-tub bo'luvchilari yig'indisi
TBY(A)=a+b+c
11. TBBY-tub bo'lmagan bo'luvchilar yig'indisi
TBBY(A)=NBY(A)-TBY(A)
12. MBY-murakkab bo'luvchilar yig'indisi
MBY(A)=NBY(A)-TBY(A)-1=TBBY(A)-1
13. TBY-toq bo'luvchilar yig'indisi
b,c-toq edi. Kanonik yoyilmadagi toq sonlarni olamiz
TBY(A)=(b^(n+1)-1)/(b-1)×(c^(k+1)-1)/(c-1)
14. JBY-juft bo'luvchilar yig'indisi
jBY(A)=NBY(A)-tBY(A)
15. NBK-natural bo'luvchilar ko'paytmasi
NBK(A)=A^(NBS(A)/2)
16. BBK-butun bo'luvchilar ko'paytmasi
BBK(A)=A^NBS(A)
17. TBK-tub bo'luvchilar ko'paytmasi
TBK(A)=a×b×c
18. TBBK-tub bo'lmagan bo'luvchilar ko'paytmasi
TBBK(A)=NBK(A)/TBK(A)
19. MBK-murakkab bo'luvchilar ko'paytmasi
MBK(A)=NBK(A)/TBK(A)=TBBK(A)
20. TBK-toq bo'luvchilar ko'paytmasi
TBK(A)=(b^n×c^k)^(TBS(A)/2)
21. JBK-juft bo'luvchilar ko'paytmasi
JBK(A)=NBK(A)/tBK(A)

Kim yozgan bo‘lsa ham sabriga qoyil.

@lider_matematika
463 viewsShohruh, edited  03:12
Ochish/sharhlash
2022-06-18 23:35:58 Video darslar you tubedagi kanalimizga ga joylanib boradi. Kanalga azo bo'ling.

https://youtube.com/channel/UCA8xLDsUUpu_-S3jP2d816g
243 viewsShohruh, 20:35
Ochish/sharhlash
2022-06-18 23:32:50 Ilm oluvchiga 7ta maslahat

1. Eng boshida fundamental(asosiy) bilimlardan boshla. Shunda kelajakda qiynalmaysan. Bular: Aqida, Fizika, Arifmetika, Biologiya.

2. O’rganuvchining eng asosiy quroli — Nega? — Shu savolni doim ber. Javobini qidirish senga mavzuni chuqurroq tushunishga yordam beradi.

3. Bilimdan ham muhimrog’i: Anti-bilim. Ya’ni nimani bilmasligingni bilish. Biliming ortgani sari anti-biliming ham ortadi.

4. Ilm oluvchining eng katta xatosi: “Yozishim shart emas, eslab qolaman” — deb o’ylash.

5. Agar biror narsani 5 ta yoki undan kamroq gap bilan tushuntirib bera olmasang, seni uni tushunmabsan. Eng sodda tushuntira oladiganlar — mavzuni eng zo’r tushunadiganlar.

6. Normal o’rganish tezligiga misol: Shu mavzu haqidagi 1 yil avvalgi fikrlaring senga kulguli tuyulishi kerak.

7. Kitob, leksiya, videolar zo’r ilm manbai. Lekin eng muhim, hamma yerda topilmaydigan, ko’p foydasi tegadigan bilimlar og’izdan og’izga o’tadi.

Aziz Rahimov

@saparov_shohruh
249 viewsShohruh, 20:32
Ochish/sharhlash
2022-06-18 14:57:34
Yuqorida berilgan funksiya qiymatlar sohasini toping.
Anonymous Quiz
34%
A) (-∞; ∞)
24%
B) (0; ∞)
36%
C) (1,5; ∞)
6%
D) (-∞; 1,5)
90 voters367 viewsShohruh, 11:57
Ochish/sharhlash
2022-06-18 14:54:18
356 viewsShohruh, 11:54
Ochish/sharhlash
2022-06-17 09:08:08
So'roq o'rnidagi sonni toping?

@lider_matematika
4.4K viewsShohruh, 06:08
Ochish/sharhlash
2022-06-14 04:38:56
566 viewsShohruh, 01:38
Ochish/sharhlash