Get Mystery Box with random crypto!

Level Up Education Center

Telegram kanalining logotibi levelupeducationr — Level Up Education Center L
Telegram kanalining logotibi levelupeducationr — Level Up Education Center
Kanal manzili: @levelupeducationr
Toifalar: Taʼlim , Marketing
Til: Oʻzbek tili
Mamlakat: Oʻzbekiston
Obunachilar: 573
Kanalning ta’rifi

Level Up -Towards Success!

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar

2021-02-14 07:00:47
Astronomlar Quyosh tizimidagi eng uzoqda joylashgan obyektni ro‘yxatga oldi

Farfarout nomini olgan 2018 AG37 obyekti Quyosh tizimida kuzatilgan barcha obyektlar orasida haqiqatan ham eng uzoqda joylashgan yulduz hisoblanadi. Olimlar bu kabi xulosaga bir qator tadqiqotlarni tekshirib ko‘rganidan so‘ng kelgan.

Farfarout birinchi bor 2018-yilning yanvarida Gavayidagi Maunakea orolida joylashgan Subaru teleskopi yordamida aniqlangan.

Gemini xalqaro observatoriyasi va boshqa yer usti teleskoplari yordamida astronomlar yaqindagina obyektning parametrlarini, uning orbitasi va ungacha bo‘lgan masofani hisoblashga muvaffaq bo‘ldi.

Kanalga ulanish
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
26 viewsG'anisher Xolmatov. Starsta 177-19, 04:00
Ochish/sharhlash
2021-02-14 07:00:25 ​​ Buxoroda psixologiya va xorijiy tillar universiteti ochiladi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga Vazirlar Mahkamasining “Buxoroda psixologiya va xorijiy tillar universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.

Qarorga muvofiq, Kogon tumanida tashkil etiladigan universitetda o‘qitish O‘zbekistonda amalda mavjud ta’lim shakllari hamda o‘zbek, rus va ingliz tillarida to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Shuningdek, har yili ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning qobiliyatli, iqtidorli hamda o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari yuqori bo‘lgan farzandlari tanlov asosida bepul o‘qishga qabul qilinadi.
Universitet granti asosida o‘qishga tavsiya qilinadigan mazkur toifadagi abituriyentlar ajratilgan kvotaning 10 foizidan kam bo‘lmagan qismini tashkil etadi.

Bundan tashqari, universitetda bakalavriat bosqichi uchun quyidagi yo‘nalishlar tashkil etiladi:

— Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili;
— Filologiya va tillarni o‘qitish: rus tili;
— Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili;
— O‘zga tilli guruhlarda rus tili;
— Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda xorijiy til (ingliz tili);
— Psixologiya (yuridik psixologiya);
— Psixologiya (sport psixologiyasi);
— Psixologiya (amaliy psixologiya);
— Psixologiya (oila psixologiyasi).

Shuningdek, magistratura bosqichi uchun esa quyidagi yo‘nalishlar tashkil etiladi:

— Adabiyotshunoslik: ingliz adabiyoti;
— Adabiyotshunoslik: rus adabiyoti;
— Lingvistika: rus tili;
— Psixologiya (faoliyat turlari bo‘yicha);
— Psixologiya (yuridik psixologiya).

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklariga qabul parametrlari hamda to‘lov-kontrakt miqdori ijtimoiy-iqtisodiy sohadagi yuqori malakali mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyojdan hamda Universitetning moddiy-texnik imkoniyatidan kelib chiqqan holda muassis tomonidan belgilanadi.

Universitetda ta’lim faoliyati Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi tomonidan belgilangan tartibda lisenziya berilganidan so‘ng boshlanadi.

Kanalga ulanish
https://telegram.me/joinchat/AAAAAFKT9qZa_lmXyNXkWg
27 viewsG'anisher Xolmatov. Starsta 177-19, 04:00
Ochish/sharhlash
2021-02-11 18:12:59
367 viewsNuraliyev Bahodir, 15:12
Ochish/sharhlash
2021-02-11 09:14:49 ОТАЛАР ҲАҚИДА

1. Ота хонадонга ташриф буюрганда ўриндан туриб, жой бўшатиш лозим.

2. Ота билан кетаётганда унинг изнисиз ундан олдин юрмаслик керак.

3. Ота фарзанд учун бирон нарса мерос қолдирмаса ҳам, ундан номус қилинмайди.

4. Ота бор уйда ўйланишга ва маслаҳат солишга муҳтож бўлинмайди.

5. Ота ёнида ёки у кириб келганда ёнбошлаб ётилмайди.

6. Ота уйда йўқ бўлиб қолинган ўринда истеъмол қилинган нарсалардан алоҳида унинг учун олиб қўйилиши фазилатдир.

7. Мансабли шахс бўлсанг ҳам отанг чақирганда отингдан тушиб, олдида ҳозир бўлишга шошил! Сен иш устида мансаблисан, отанг устида эмас!

8. Отангнинг ёнидаги солиҳ кишиларга нисбатан самимий бўлгин, агар отанг вафот топиб кетса ўшалар билан муомала-муносабатларингни узма!


ОНАЛАР ҲАҚИДА

1. Ҳадяни аввал онага сўнг отага берилиши маҳбубдир.

2. Ҳаёт бўлсалар ҳам, вафот топиб кетган бўлсалар ҳам уларнинг ҳақларига доимо дуода бўлмоқ зарур.

3. Оналарнинг юзларига тушган ажинлар, қўлларининг қадоқлари – сен ва ака-укаларинг, опа-сингилларинг сабабли эканлигини билгин!

4. Сенга берган оқ сути лутфу – хурсандлик биландир, аммо сенинг унга берган таоминг баъзида миннатли ва озорлидир. Шунинг учун берган ҳар-бир луқманг лутфли бўлиши учун камтарин бўл, камтарин бўл!

5. Унга сен ҳар куни кўриниш бер, чунки унинг сени кўриши сенинг унга минглаган хум тиллолар туҳфа қилганингдан ортиқроқдир.

6. Тириклигида бор имкониятинг ила унга тавозеъли ва ширин сўзли бўл, қачонки агар уни йўқотсанг армондан холи бўласан.

7. Ҳайит кунлари бағринга босиб, уни қучгин! У сени ҳар куни қучиб, ҳидларингдан тўйиб-тўйиб завқ олганини эсингдан чиқармагин!

АЛБАТТА ДЎСТЛАРИНГИЗГА ҲАМ УЛАШИНГ!!!
@yoshpsixolog
592 viewsNuraliyev Bahodir, 06:14
Ochish/sharhlash
2021-02-11 07:14:12
"Matematika" fanini ingliz tilida o'rganmoqchisiz, lekin qayerdan kerakli va foydali ma'lumotlarni olishni bilmaysiz-mi? Demal, ushbu kanal siz uchun yaratilgan.

Do you want to learn math in English but You have not found the right channel which was handy and useful, so far? We created the one specially for you.

Вы хотели изучить математику на английском но не смогли найти хорошие ресурсы и каналы где можно найти полезные и бесплатные материалы? Не волнуйтесь, мы создали для вас тот самый канал.


@coding_math
399 viewsJohn, 04:14
Ochish/sharhlash
2021-02-08 17:49:28
Level Up Education R o‘quv markazining 31.01.2021 dagi blok testida yuqori natijalarni egallab, faxriy o‘rinlar sohibi bo‘lgan abituriyentlarimiz sovg'alar bilan taqdirlandilar
____________________________

Eslatib o'tamiz; har bir yo‘nalish bo‘yicha eng yuqori 3 ta o‘rinni egallagan abituriyentlarimiz
1 - o‘rin 100 000 so‘m pul mukofoti, kitob va kepka
2 - o‘rin 75 000 so‘m pul mukofoti, kitob va kepka
3 - o‘rin 50 000 so‘m pul mukofoti, kitob va kepka
Bilan taqdirlanishini aytgan edik!

Biz bilan kafolatlangan bilim egasiga aylaning!

Kanalimiz:
https://t.me/levelupeducationR
583 views𝑯𝒖𝒔𝒏𝒊𝒅𝒅𝒊𝒏 𝑱𝑼𝑴𝑨𝒀𝑬𝑽, 14:49
Ochish/sharhlash
2021-02-06 19:09:00 Bahonalar endi o'tmaydi. O'rningdan tur va harakat qil. Va bilginki Yaratgan niyatingga va harakatingga qarab doimo senga beradi.

Ilm olishda harakatdan to'xtama!
607 views𝑯𝒖𝒔𝒏𝒊𝒅𝒅𝒊𝒏 𝑱𝑼𝑴𝑨𝒀𝑬𝑽, 16:09
Ochish/sharhlash
2021-02-06 19:09:00
600 views𝑯𝒖𝒔𝒏𝒊𝒅𝒅𝒊𝒏 𝑱𝑼𝑴𝑨𝒀𝑬𝑽, 16:09
Ochish/sharhlash
2021-02-06 19:09:00
589 views𝑯𝒖𝒔𝒏𝒊𝒅𝒅𝒊𝒏 𝑱𝑼𝑴𝑨𝒀𝑬𝑽, 16:09
Ochish/sharhlash
2021-02-05 16:39:53
666 viewsAkbar, 13:39
Ochish/sharhlash