Get Mystery Box with random crypto!

Bir vaqtlar sevimli bir mashg’ulotim bo’lar edi,mani bir dunyo | Let_me09🐊

Bir vaqtlar sevimli bir mashg’ulotim bo’lar edi,mani bir dunyoyim bo’lar edi…

Hikoya yozardim,va rasm chizar edim,hikoyamning qahramonining rasmlarini chizar edim…

Ovozim chiqmas,soatlarcha rasm chizar edim…

Albom qildim,rasm chizdim,hikoya yozdim… 1 yillik to’plangan mehnatimni bir insonga ko’rsatdim….

Bo’lgan voqeadan yuragim gupullab urdi,hozir yozyapman va eslayapman,shunchalik hafa bo’ldimki,boshqa olmadim,qalamni boshqa qo’limga olmadim…

Tashladi ketdi,yaqin do’stim,sirdoshim,qalamim ketdi…

Kelmagan,tashlagan qalamim,qog’ozim deb o’yladim,tashlagan men edim,qaytib kelmagan men edim,hafa bo’lgan,berkinib olgan,1.5 yil har kuni eslab eslamaslikka harakat qilgan bu men edim…

Bugun esa qaytdim,qalamni qaytib oldim…

“Ba’zan biz ko’rgimiz kelmaydi,qaysarlik qilamiz,g’ururimiz qo’ymaydi”

Kech deymiz…

Kech emas,farqi yo’q siz 50,60,70 yosh bo’ling hech qachon qaytishga kech emas)))

Qayting….”Hayotga qayt”ing ba’lki qaytaradigan narsa, hursand qiladigan narsa sizni bir qalamdir?))

Kim biladi…?