Get Mystery Box with random crypto!

Sadoqat edi namoz… Bandaning Robbisiga bo’lgan sadoqati… “All | Leo_o18

Sadoqat edi namoz…

Bandaning Robbisiga bo’lgan sadoqati…
“Allohu Akbar” deyilganda “men keldim” deyishi.
Hamma ishimni tashladim, takbirni eshtishim bilan go’yo dunyoga kar, ko’r, soqov bo’ldim deyishi.

Vafo edi namoz…
Qanday vaziyat bo’lmasin, shayton hiyla qilmasin, qanchalik nafsiga og’ir bo’lmasin ahdiga vafo qilishi…

Sevgi edi namoz…
So’zlari bilan ifodalay olmagan muhabbatini, sajdalar orqali izhor qilishi, Robbisini huzurida Robbisini sog’inishi…
Robbisidan, Robbisini so’rashi…