Get Mystery Box with random crypto!

#turmush #darsdan #tushuncham - Turmushga chiqayotgan qiz o‘z | Leo_o18

#turmush #darsdan #tushuncham

- Turmushga chiqayotgan qiz o‘zi unib o‘sgan uyidan, qadirdon oilasidan ajralib, begona odamlar orasiga boradi. Yangi muhit yangi tartib-qoidalar, hali kashf etilmagan insonlar har qanday qizni do‘vdiratib qo‘yadi. Xossatdan uydan chiqmay o‘sgan qiz uchun moslashish bir muncha qiyin kechadi. Lekin, juftidan ko‘mak va tayanch ko‘rsa muhitga moslashish osonlashadi. Unutmaslik kerakki bizning o‘zbek urf odatlarimizda juftlar alohida yashashmaydi.
Ming afsuslar bo‘lsinki ba’zi “ yevropalashgan ” qizlar o‘z juftidan alohida yashashni talab etadi, lekin bu mutlaqo notog‘ri qaror deb bilaman. Alohida yashashlikni o‘ylab yurgan qiz yoki siz va biz vijdonimiz bilan bir o‘ylab ko‘raylikda?! Bu qarorga qaysi yuz bilan kelishimiz mumkin, 9 oy vujudida qanday qiyinchiliklar bilan tashib yurgan Onaning bu qarorga nisbatan holatini, ne-ne mushkulotlar bilan siz bilan yuzlashadigan kuniga qadar unib o‘stirgan Otasining bu qarorga nisbatan holatini hech tasavvur qila olasizmi?! Bir kunda kelib ikki lahzaga qolmay farzandiga ega chiqishga urunishingiz juda-juda hunik holat, ilmsizlikning yaqqol namunasidir!