Get Mystery Box with random crypto!

Srechko Katanes : 'Birinchi navbatda, Shvesiya terma jamoasini | Legioner Tv

Srechko Katanes : "Birinchi navbatda, Shvesiya terma jamoasini g‘alaba bilan tabriklayman. O‘yinga keladigan bo‘lsak, men 7 kundan beri O‘zbekistondaman. Jamoa ushbu o‘yinda ko‘rsatgan natijadan qoniqdim. Biz juda yaxshi o‘ynadik. Albatta, ba’zi xatolarga ham yo‘l qo‘ydik, bu esa normal holat. Jamoamizda yosh o‘yinchilar juda ko‘p. Endi biz bu yoshlar bilan yangi jamoa qurishimiz kerak. Umuman olganda, bizda bor o‘yinchilar va ularning o‘yinidan qoniqish hosil qildim. Kelajakda ham shu ruhda davom etishimiz kerak. Kuchli jamoalar bilan kuchli o‘yinlar ko‘rsatishimiz kerak. Shvesiya termasiga kelsak, ular bir necha yillardan beri yuqori darajada o‘yin ko‘rsatib kelishmoqda. Bizga qarshi ikkinchi tarkib o‘ynagan bo‘lsa ham, ular juda ajoyib o‘yin ko‘rsatishdi. Ular bir necha kun oldin Ispaniyani mag‘lub qilishdi. Bu biz uchun albatta, ajoyib tajriba bo‘ldi.

@Legioner_TV