Get Mystery Box with random crypto!

Sizga aytsam... Odam bolasi yaralibdi-ki, ertangi kun ishonchi | Легендарный🔥

Sizga aytsam... Odam bolasi yaralibdi-ki, ertangi kun ishonchi, orzu-umidlari bilan nafas oladi. Shu orzu-umidlar bois qalbida Ishq olovi lovillaydi. Siz biron marta umidsiz kishini, uning koʻzlarini koʻrganmisiz?!
Uning koʻzlari soʻnik, uning koʻzlarida gʻam-alam. Sizning koʻzlaringiz hech qachon unga uxshamasin doimo porlab tursin!
Sizga aytsam. Odam bolasiga suv va havo qanchalik zarur bulsa, shirin soʻz ham shunchalik zarurdir. Birgina shirin suz bilan inson kalbi togʻlar kabi yuksalishini bilasizmi?! Sizning ham aytar soʻzlaringiz doimo samimiy boʻlsin!
Sizga aytsam... Odam bolasi qalbidagi Rabbim bergan Muhabbat tuygʻulari sabab bir-biriga intilib yashaydi. Oʻzi har doim koʻrib, suhbatlashib, lekin, qadrini sezmay yurgan yaqinlarini behosdan uch kun koʻrmay qolsa sogʻina boshlaydi. Oʻz hayotida ularning qanchalik oʻrni borligini seza boshlaydi. Ana shu maʼsum Sogʻinch hissi sizni, bizni hech qachon tark etmasin! Doimo ezgu tilaklar bilan bir-birimizni sogʻinib yashaylik !

@legendarniy_tv