Get Mystery Box with random crypto!

​Hech narsa meni vahimaga sololmaydi, vaqtdan tashqari. To'g'r | Legalazy

​Hech narsa meni vahimaga sololmaydi, vaqtdan tashqari.
To'g'ri qo'rqadigan narsalarim ko'p, lekin hech bir fobiya meni vaqtchalik xavotirga tushurmagan.

Ortimga qarayman,
kim edim-u,
kim bo'ldim.

Qanday orzularim bo edi-yu,
qanchasiga erisha oldim.

Qayerda edim-u,
qayerga keldim.

Ba'zan o'zimni hech narsaga ulgurmayotganlikda ayblayman, qattiq ishlasam-da, yetarlicha dam olmasam-da, baribir nimanidir yaxshi eplolmaydigandek his qilaman tez-tez. Urush e'lon qilaman o'zimga o'zim, hadeb tanqid ostiga olaveraman, shunday hollar bo'ladiki, ruhim tanam uchun og'irlik qiladi, o'zimni bosim ostida his qilaman.

Shunda to'satdan, qayerdandir oynaga qarab bolaligimdagi aksimni ko'rib qolaman, va u menga qarab, "Nahotki menga shuni ravo ko'rsang?" deydi. Keyin hammasiga qo'l siltab aksimni ovutishga tushaman, bilmasdan o'zimni ko'z yoshlarimni o'zim artayotgan bo'laman. To'g'ri, juda qattiqman o'zimga, Lekin haligi beg'ubor qizaloqqa bu qadar dushman bo'la olmayman, o'zimni hech kimga taqqoslamasdan, hamma kamchiliklarim bilan o'zimni quchaman. Boshqa kim ham meni "men"dek tushunardi axir, boshqa kim ham meni "men" dek his qilardi?

Hammasi yaxshi edi bolalikda,
oson edi yashash,
labirintdadek his qilmasdi inson o'zini,
Yagona tashvish - maktab uy-vazifalari-yu,
uy vazifalarini qilib bo'lgach o'ynashga ruxsat berisharmikan degan hislar edi.

Endi esa o'zingni katta bo'lganingni his qilishga majbursan,
muammolar,
chalkashliklar,
kurashlar,
hayot qozonida qaynash,
yiqilish,
qayta turish,
himoyalanish,
yaqinlashish,
yiroqlashish,
topish,
yo'qotish,
chidash,
yo'lda davom etish.

Bilaman, xuddi shu hislarni his qilasiz,
boshingizdan o'tmagan ish qolmagan,
jarohatlangansiz,
qiynalgansiz,
eshitilmagansiz,
tushunilmagansiz,
lekin o'zingizni bularning birortasi uchun ayblamang, o'zingizni ko'p so'roqqa tutmang, ichingizdagi qizaloq/bolakay ga nafas yetishmay qoladi qachonki o'zingizni shunday qiynaganingizda.

Ulgurmayapman, qila olmayapman, qolib ketyapman demang, sizning ham navbatingiz keladi, vaqt sinashni yaxshi ko'radi, sabrli bo'ling.

Nima bo'lganda ham,
o'zingizni qiynamang,
unutmang, ichingizdagi beg'ubor bolakayga vaqt ta'sir qilmagan, u doim siz bilan, to o'lguningizcha. Shunday ekan, uni xafa qilmang.

@yupiterlik