Get Mystery Box with random crypto!

Kirib kelayotgan 17-noyabr 'Xalqaro talabalar kuni' ga atalgan | Learning_English_Freee

Kirib kelayotgan 17-noyabr "Xalqaro talabalar kuni" ga atalgan maxsus she'r

O‘qishga ham kirib olding, 
Qaddingni tut talaba, 
Talabalik oltin davring, 
Davringni sur talaba. 

Garchi vatan farzandisan, 
Fakultetda arzandasan. 
Shunday ekan qadringni ham, 
Sal bilib yur talaba. 

Talabasan noming ulug‘, 
Bo‘lsa hamki cho‘ntak quruq, 
Dilda g‘urur, dilda surur, 
Handon erur talaba.

Dada, oyi assalom deb, 
Hamyon bo‘m-bo‘sh pul tamom deb, 
Bazan ota-onanga ham, 
Xat yozib tur talaba. 

Yetmay qolsa stipendiya, 
G‘amga botmay ishlat miyya, 
Mardikorlik bozoriga , 
Yo‘lingni bur talaba.
 
Bo‘lmoq kerak gapga usta, 
Bir gap aytsa startsa. 
O‘z bilganingdan qolmasang ham, 
Xo‘p-xo‘p deb tur talaba. 

Tog‘lar boshi qorsiz bo‘lmas, 
Talaba degan semiz bo‘lmas. 
Chunki hech vaqt qorni to‘ymas 
Rost gap shudir talaba. 

Jonga tegsa leksiyalar, 
Boshlanganda sessiyalar, 
Ahvolinga maymun yig‘lar, 
Sho‘ring qurur talaba. 

Zachyo‘t dardi bir balodir, 
Imtixon ham bir balo. 
Senga qolsa ikkovi ham, 
Asli bir go`r talaba. 


Talaba kursdoshlaringizga yuborib qo‘ying.

@mandatlar_2022_bot

@Talabalar_Studentlar | Tarqatamiz
(Qiyin bo'lmasa reaksiya qoldiring )