Get Mystery Box with random crypto!

Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari bo‘lib o | Learning_English_Freee

Chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlari bo‘lib o‘tdi

2022-yil 29-sentabr kuni chet tilini bilish darajasini aniqlash test sinovlarining yozma (tinglab tushunish, o‘qish, yozma ish) qismi bo‘lib o‘tdi.

Test sinovlari ingliz tilidan yangi format asosida ko‘p darajali tizimda, boshqa tillardan esa B2 va C1 tilni bilish darajalari bo‘yicha o‘tkazildi.

Imtihonlar talabgorlarga qulay bo‘lishi uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tashkil etildi.

Unda jami 1 296 nafar talabgordan 1 253 nafari ishtirok etdi. 7 nafar talabgor esa tartib-qoidani buzgani sababli test sinovidan chetlatildi.

Test sinovlarida ishtirok etgan talabgorlar uchun gapirish ko‘nikmasini baholash imtihonlari 30-sentabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Davlat test markazining rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube