Get Mystery Box with random crypto!

​ Bir necha daqiqa vaqtni ayamay (oxirigacha) o'qish tavsiya e | Learning_English_Freee

Bir necha daqiqa vaqtni ayamay (oxirigacha) o'qish tavsiya etiladi... .

@Talabalar_Studentlar

PROFESSOR VA TALABA...

Bir kuni bir aqlli professor institutda talabalarga savol berdi. U o'ziga juda ishongan edi:

Professor: Xudo yaxshimi ?
Talaba: Ha.

Professor: Shaytonchi ?
Talaba: Yo'q.

Professor: To'g'ri... O'g'lim aytingchi, yerda yomonlik mavjudmi ?
Talaba: Ha

Professor: Yomonlik hamma yerda bor, shunday emasmi ? Va hamma narsani Xudo yaratgan to'g'rimi ?
Talaba: Ha

Professor: Unda yomonlikni kim yaratgan ?
Talaba: ......

Professor: Sayyoramizda xunuklik, mutakabbirlik, kasallik va jaholat bor. Bularning bari bor narsalar, to'g'rimi ?
Talaba: Ha, janob...

Professor: Xo'sh, ularni kim yaratdi ?
Talaba: .....


Professor: Fan inson o'z atrofidagi dunyoni kashf etishi uchun 5 tuyg'u bor deb aytadi. Aytingchi, siz hech Xudoni ko'rganmisiz ?
Talaba: Yo'q janob...

Professor: Aytingchi, siz hech Xudoni tinglaganmisiz ?
Talaba: Yo'q janob...

Professor: Siz hech Xudoni his qilganmisiz ? Uni ta'mini tatib ko'rganmisiz ? Hidini hidlab ko'rganmisiz ?
Talaba: Bunday emas deb qo'rqaman janob...

Professor: Va siz shunda ham unga ishonasizmi ?
Talaba: Ha!!!

Professor: Olingan tajribalarga asoslanib, fan Xudoni yo'q deb da'vo qilishi mumkin. Sizni bunga qandaydir qarshiligingiz bormi ?
Talaba: Yo'q professor, menda faqat ishonch bor!

Professor: Gap ham aynan shunda... Ishonch- bu fanning eng katta muammosi!

Talaba: Professor, sovuqlik mavjudmi ?

Professor: Bu qanaqa savol ? Albatta mavjud... Nima sen hech qachon sovuqqotmaganmisan ? (Talabalar yigitning savolidan kulishdi)

Talaba: Aslida esa, professor sovuqlik mavjud emas... Fizika qonunlariga muvofiq, biz sovuqlik deb ataydiganimiz aslida issiqlikning yo'qligidir... Demak sovuqlik yo'q... Biz bu so'zni faqat issiqlik yo'q paytda his qilayotgan narsamizni tasvirlash uchun o'ylab topganmiz... (Auditoriya jim bo'lib qoldi)

Talaba: Professor aytingchi, zulmat(qorong'ulik) mavjudmi ? Professor: Albatta mavjud, zulmat bo'lmasa tun bo'ladimi?

Talaba: Siz yana nohaqsiz! Janob... Zulmat ham mavjud emas. Zulmat aslida yorug'likning yo'qligi hisoblanadi. Biz yorug'likni o'rganishimiz mumkin, lekin zulmatni emas. Oddiy nur zulmat dunyosiga kirib uni yoritishi mumkin. Siz bir joyning qanchalik qorong'u ekanligini bilmoqchi bo'lsangiz nima qilasiz ? U yerda qancha miqdorda yorug'lik borligini o'lchaysiz, shunday emasmi ? Zulmat- yorug'lik yo'q vaqtda inson nimani his qilayotganini tasvirlash uchun o'ylab topilgan tushunarsiz atamadir...

Ana endi aytingchi o'lim mavjudmi ?
Professor: Albatta mavjud... Hayot bor va o'lim ham bor. Uning teskarisi.


Talaba: Siz yana nohaqsiz professor. O'lim- bu hayotning teskarisi emas, uning yo'qligidir. Sizning ilmiy nazariyangizda jiddiy yoriq paydo bo'libdi.

Professor: Bu bilan nima demoqchisiz?
Talaba: Professor siz barcha talabalarga biz maymunlardan paydo bo'lganmiz, deb o'qitasiz. Siz bu evolitsiya jarayonini o'z ko'zingiz bilan ko'rganmisiz?
Professor gap nima haqida ketayotganini tushunib, kulimsirab boshini chayqadi.??

Talaba: Bu jarayonni hech kim ko'rmagan. Demak bu sizni olim emas, ko'proq ruhoniy ekanligingizni anglatadi. (Auditoriya kulgudan baqirib yubordi)

Talaba: Ana endi aytinglarchi, bu xonada professorni miyasini ko'rgan bironta inson bormi? Uni tinglagan, hidlagan va unga tegib ko'rgan inson bormi ? (Auditoriyadagilar kulishni davom ettirishdi)

Talaba: Ko'rinishidan hech kim ..!
Demak ilm-fan nazariyasidan va olingan tajribalardan kelib chiqib aytishimiz mumkinki, professorning miyasi yo'q. Hurmatli professor, biz bunday holatda qanday qilib sizning maruzalaringizga ishonishimiz mumkin ?

(Auditoriya sukunatda)

Professor: Men. Sizlar menga ishonishingiz kerak deb o'ylayman.
Talaba: Huddi shunday ! Xudo va inson o'rtasida bitta aloqa vositasi bor Bu - ISHONCH. Professor joyiga o'tirdi.
Bu talabaning ismi Albert Eynshteyn edi...


(Qiyin bo'lmasa reaksiya qoldiring )
@Talabalar_Studentlar | Tarqatamiz