Get Mystery Box with random crypto!

Ko‘p darajali test tizimi formati va test namunalari Ma’lum | Learning_English_Freee

Ko‘p darajali test tizimi formati va test namunalari

Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 16-fevraldagi 73-son qarori bilan chet tilidan ko‘p darajali (Multi-level) test tizimi joriy etildi.

Unga ko‘ra, ko‘p darajali test tizimi:

“tinglab tushunish” va “o‘qish” bo‘limlarining har biri 35 ta topshiriqdan;
“yozma ish” bo‘limi ikkita yozma topshiriqdan (birinchi topshiriq — 100-150 ta so‘zdan, ikkinchi topshiriq — 200-250 ta so‘zdan);
“gapirish” bo‘limi topshiriqlarning 3 ta turidan iborat bo‘ladi.

Bunda tinglab tushunish bo‘limida matnlar 2 marta eshittiriladi va belgilangan vaqt javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga 45 daqiqani tashkil etadi.

O‘qish va yozma ish bo‘limlarining har biri uchun esa 60 daqiqadan vaqt ajratiladi (javoblar varaqasini to‘ldirish bilan birga).

Gapirish bo‘limi taxminan 15 daqiqa davom etadi.

Davlat test markazining rasmiy veb-saytiga ko‘p darajali test tizimi formati va test namunalari joylashtirilgan bo‘lib, ular bilan quyidagi havolalar orqali tanishish mumkin:

Bizning manzil
@DTM_AxborotnomasiUz