Get Mystery Box with random crypto!

#grammar_time Mavzu: To be fe'li Demak, birinchi darsimi | Learning_English_Freee

#grammar_time

Mavzu: To be fe'li

Demak, birinchi darsimizni ingliz tili grammatikasining muhim qismi - to be fe’lini o’rganishdan boshlaymiz.

'To be' fe'li bo'lmoq, hisoblanmoq degan ma'noni bildiradi yoki o'zbek tilidagi -man, -san, -dir qo’shimchalariga to'g'ri keladi. 'To be' fe'li asosan ot, sifat, son bilan ishlatiladi.

To be fe'lining 3 ta shakli mavjud. Ular shaxslarga qarab tuslanadi.

Bular: am, is, are

I shaxs - I + am
II shaxs - you + are
III shaxs - he, she, it + is

Ko'plikda barcha shaxslar ya'ni we, you, they ga "are" ishlatamiz.

Misollar:

I am a pupil.
Men o’quvchiman. (ot bilan)
He is 18 years old.
U 18 yoshda(dir). (son bilan)
This flower is beautiful.
Bu gul chiroyli(dir). (sifat bilan)

'To be'ning qisqartma shakli.

Ingliz tilida 'to be'ning qisqartma shaklini ko'p uchratgansiz.

Bular:

I am – I’m
You are – You’re
He is – He’s
She is – She’s
It is – It’s
We are – We’re
They are – They’re

'To be'ning inkor shakli.

'To be'ning inkor shaklini yasash uchun 'to be'dan keyin not yuklamasi qo’yiladi.

Misollar:

I am not a pupil. (I'm not a pupil lekin I amn't EMAS)
Men o’quvchi emasman.
He is not 18 years old. (He's not yoki he isn't 18...)
18 yoshda emas.
They are not beautiful. (They're not yoki They aren't)
Ular chiroyli emas.

'To be'ning so'roq shakli

'To be'ning so'roq shaklini yasash uchun 'to be' fe'lini egadan oldinga qo'yiladi.

Masalan:

You are a pupil.
Sen o'quvchisan
Are you a pupil?
Sen o'quvchimisan?

Javob berish:

Yes, I am/No, I am not

@Learning_English_Freee