Get Mystery Box with random crypto!

Ingliz tilida daqiqani aytish: Ingliz tilida daqiqani aytish | Learning_English_Freee

Ingliz tilida daqiqani aytish:

Ingliz tilida daqiqani aytishning ikki usuli bor:

1.Raqamlar bilan aytish:

Bu eng oson va tushunarli usul hisoblanadi. Bunda vaqt raqamlar orqali aytiladi. Birinchi raqam soatni, ikkinchi raqam daqiqani bildiradi.

It’s eight twenty two.
Soat sakkiz-u yigirma ikki.

It’s one forty.
Soat bir-u qirq.

It's two fifteen.
Soat ikki-yu o’n besh.

2.To va Past predloglari yordamida vaqtni aytish:

“Past” predlogi “o’tdi” deb tarjima qilinadi va qancha daqiqa o’tganini ko’rsatadi.


It’s fifteen minutes past seven.
Yettidan o’n besh daqiqa o’tdi.

It’s twenty five minutes past one.
Birdan yigirma besh daqiqa o’tdi.

It’s ten minutes past nine.
To’qqizdan o’n daqiqa o’tdi.

“To” predlogi “ta kam” deb tarjima qilinadi. Masalan, soat 5:53 bo’lgan bo’lsa, biz uni “7 ta kam 6 bo’ldi” deb aytamiz.

It's ten to five.
Soat o’n ta kam besh bo’ldi.

It’s five minutes to nine.
Soat besh ta kam to'qqiz bo'ldi.

@Learning_English_Freee Siz-u bizga kerakli va foydali kanal!