Get Mystery Box with random crypto!

'INSON BO'LAYLIK' Kelinglar do'stlarim inson bo'laylik O'zgala | L1ght Leader

"INSON BO'LAYLIK"
Kelinglar do'stlarim inson bo'laylik
O'zgalar uchun bir imkon beraylik.
Shaytonning makridan qochib biz chetga
Uning uchun bizlar armon bo'laylik.

Bu dunyo bevafo, yolg'onchi dunyo
Uning aldoviga bizlar uchmaylik.
Yaratgan egamning haq xitobiga
Bizlar ergashguvchi inson bo'laylik.

Bu dunyoda mehrga zorlar qanchadir
Biz ularga mehrdan ehson qilaylik.
Yaratgan Allohning yo'lini tutib
Bizlar oqibatli inson bo'laylik.

Bizga ajdodlardan oqibat meros
Biz ham oqibatni meros qilaylik.
Payg'ambarning aytgan sunnatin qilib
Ahdiga sodiq bir inson bo'laylik.

(Yaqinlarimizga ulashamiza dunyo foniyligini unutmagan holda)