Get Mystery Box with random crypto!

Talabalarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi | TDYU

Telegram kanalining logotibi law_ssc — Talabalarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi | TDYU T
Telegram kanalining logotibi law_ssc — Talabalarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi | TDYU
Kanal manzili: @law_ssc
Toifalar: Kattalashtirilmagan
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.75K
Kanalning ta’rifi

O‘quv-uslubiy boshqarma (Registrator ofisi) Talabalarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi “yagona darcha” tamoyili asosida o‘quv jarayoniga oid tezkor va sifatli axborot taqdim etadi.

• Xizmatlardan foydalanish:
@TSUL_SSC_bot
• Aloqa:
998712336636 (1033)

Ratings & Reviews

2.67

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

0

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 2

2022-06-13 09:36:32
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida amaliyot

Universitetning 3-kurs talabalari uchun yozgi ta’til davrida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi boshqarmalarida amaliyot o‘tash imkoniyati yaratiladi.

Ushbu amaliyot orqali talabalar:

- vazirlik miqyosidagi xat-hujjatlar bilan bevosita ishlash;
- kelgusida mehnat faoliyatini vazirlik tizimida boshlash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Shu bilan birga, vazirlik tizimida ishlash istagidagi 4-kurs bitiruvchilari ham ishtirok etish hamda o‘z karyeralarini vazirlik tizimidan boshlash imkoniyati mavjud.

Mazkur amaliyotda ishtirok etmoqchi bo‘lgan bitiruvchilar va 3-kurs talabalari quyidagi so‘rovnomada ishtirok etishlari lozim.

— So‘rovnoma havolasi

15.06.2022 | 15:00

Telegram | Facebook | Instagram | Karyera
5.9K viewsedited  06:36
Ochish/sharhlash
2022-06-13 07:10:18 TDYU bitiruvchilari diqqatiga!

Sud tizimida ishlash istagidagi (4-kurs, magistratura) lar quyidagi so‘rovnomada ishtirok eting.

Sud tizimidagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan yuqoridagi ilovada tanishishingiz mumkin.

— So‘rovnoma havolasi

*so‘rovnomani to‘ldirayotganda unga belgilangan namunadagi obyektivkani ilova qilish lozim

14.06.2022 | 17:00

Karyera | Markaz | Facebook | Instagram
1.5K views04:10
Ochish/sharhlash
2022-06-10 15:22:51 TDYU 2 va 3-bosqich talabalari diqqatiga!

Yozgi ta’til davrida doimiy yashash manzilingizga yaqin tashkilotda ixtiyoriy amaliyot o‘tashni xohlaysizmi?

Unda quyidagi havolaga o‘tib, so‘rovnomada ishtirok eting.

Amaliyot o‘tash mumkin bo‘lgan tuzilmalar:

prokuratura
adliya
sud
advokatura
notarius

Amaliyot o'tash istagidagi talabalar:

belgilangan amaliyot o‘tash qoidalarga amal qilishi;
amaliyotga doimiy ravishda, o‘z vaqtida borishi;
qabul qiluvchi tashkilotdan biriktirilgan amaliyot rahbari topshiriqlarini o‘z vaqtida bajarishi lozim.

*tanishtiruv amaliyoti doimiy yashash manzili bo‘yicha tashkil etiladi;
**ayni vaqtda 1-kursda bo‘lgan talabalar tanishtiruv amaliyotida qatnasha olmaydi.

Muddat: 12.06.2022 | 18:00

— So‘rovnoma havolasi

Telegram | Facebook | Instagram | Karyera
1.4K views12:22
Ochish/sharhlash
2022-06-10 10:41:12 Hurmatli TDYU talabalari diqqatiga!

Siz o‘qishni bitirgandan so‘ng advokat bo‘lishni istaysizmi?

Ushbu savolga quyidagi anonim so‘rovnomada faol ishtirok etish orqali fikringizni bildiring.

Sizning har bir ovozingiz soha rivoji uchun juda ham muhim!

— Anonim so‘rovnoma havolasi

Telegram | Facebook | Instagram | Karyera
3.0K viewsedited  07:41
Ochish/sharhlash
2022-06-10 09:07:50 Ayni vaqtda O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi rahbariyati ishtirokida universitet bitiruvchilari bilan uchrashuv oʻtkazilmoqda

Ushrashuvni quyidagi havola orqali kuzatish mumkin:

— Zoom havolasi

Karyera | Markaz | Facebook | Instagram
4.1K views06:07
Ochish/sharhlash
2022-06-08 15:59:44 Bosh prokuratura Akademiyasida ochiq eshiklar kuni o‘tkaziladi

Bosh prokuratura Akademiyasi magistraturasiga 2022/2023 o‘quv yili uchun qabul boshlanishi munosabati bilan joriy yilning 10-iyun kuni Akademiyada Ochiq eshiklar kuni tadbiri tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Tadbirda prokuratura organlari faoliyati hamda Akademiyada ilmiy faoliyat olib borishning afzalliklari, yo‘lga qo‘yilgan ta’limning o‘ziga xos metod va afzalliklari, tinglovchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar beriladi.

Bundan tashqari Akademiya magistraturasida ayni paytda tahsil olayotgan tinglovchilar ishtirokida maxsus o‘quv xonalarida imitasiya mashg‘ulotlari tashkil etiladi.

Shuningdek, tadbir ishirokchilari o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish maqsadida nashriyotlar taklif etilib, kitob yarmarkasini tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Vaqt: 10.06.2022 | 10:30 – 13:00
Manzil: Bosh prokuratura Akademiyasi binosi

Karyera | Markaz | Facebook | Instagram
5.3K views12:59
Ochish/sharhlash
2022-06-08 14:16:37 O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi rahbariyati ishtirokida universitet bitiruvchilari bilan uchrashuv o‘tkaziladi

Uchrashuvda sud tizimidagi bo‘sh ish o‘rinlari, kengashning vazifa va funksiyalari, tizimda sud xodimlariga yaratilgan shart-sharoitlar, ijtimoiy kafolatlar, ishga qabul qilish tartibi, nomzodlarga qo‘yilgan talablar haqida ma’lumot beriladi.

Uchrashuvda oflayn ishtirok etish istagidagi 4-bosqich va magistratura talabalari so‘rovnomada ishtirok etishlari talab etiladi.

Viloyatdagi universitet bitiruvchilari Zoom orqali ishtirok etishlari mumkin. Zoom orqali ishtirok etayotganlar so‘rovnomani to‘ldirishlari shart emas.

— So‘rovnoma havolasi
— Zoom havolasi

TDYU 1-binosi, Kengash xonasi
10.06.2022 | 11:00

Karyera | Markaz | Facebook | Instagram
4.6K viewsedited  11:16
Ochish/sharhlash
2022-06-07 09:33:07
AIFC yuridik akademiyasi 'offline' amaliyot dasturi tashkil etilishini e’lon qiladi.

Talablar

ingliz tilida erkin yozish va so‘zlasha olish;
huquqshunoslik sohasi bo‘yicha 3 yoki 4-kursni tamomlagan bo‘lish;
huquqiy yoki tegishli sohada ilmiy maqola chop etgan bo‘lishi (majburiy emas, ammo ustuvorlik beriladi).

Qanday hujjat topshiriladi?

Dastur uchun tegishli arizani to‘ldirish va berilgan mavzu bo‘yicha insho yozib jo‘natish kerak bo‘ladi (maksimal 500 ta so‘z).

Batafsil ma’lumot ushbu hujjatda.

Muddatlar

Hujjat topshirish davri: 23-may – 10-iyun
Baholash va suhbat: 23-may – 10-iyun
Amaliyot davri: 4-iyul – 26-avgust

Hujjat topshirish

Amaliyot o‘tash manzili: Qozog‘iston Respublikasi, Nur-Sulton shahri, Mangilik el prospekti, 55/16, C 3.1.

Karyera | Markaz | Facebook | Instagram
1.4K views06:33
Ochish/sharhlash
2022-06-06 08:06:42
Gdansk universiteti 2, 3 va 4-bosqich (ayni vaqtda) talabalari uchun akademik mobillik dasturini e’lon qiladi. Unda ishtirok etish uchun quyidagi hujjatlar talab qilinadi.

1. Xorijga chiqish passporti;
2. Baholar to‘g‘risida ma’lumot (GPA);
3. Til bilish darajasi (IELTS);
4. Vaksina sertifikati;
5. O‘qish uchun ta'lim shartnomasi (LEARNING AGREEMENT FOR STUDIES);
6. Application;
7. Ariza.

5, 6 va 7-tartib raqamidagi hujjatlar yuqorida ilova qilindi.

Telegram | Facebook | Instagram | Karyera
2.8K views05:06
Ochish/sharhlash