Get Mystery Box with random crypto!

TDYU Bandlik (karyera) bo‘limi “Yosh diplomatlar klubi“ faoli | Talabalarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi | TDYU

TDYU Bandlik (karyera) bo‘limi
“Yosh diplomatlar klubi“ faoliyati yo‘lga qo‘yilganligini e’lon qiladi

Klubning asosiy vazifasi — yosh kadrlarning kasbiy mahorati va malakasini oshirish, o‘zbek diplomatiyasi an’analarining davomiyligini ta’minlash, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashqi siyosiy yo‘lini amalda ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish hisoblanadi.

Klubga a‘zo bo‘lish istagidagilar belgilangan talablarga javob berishlari hamda quyidagi hujjatlarni so‘rovnomada ishtirok etish orqali taqdim etishlari lozim:

rektor nomiga ariza | namuna;
ma’lumotnoma-obyektivka | namuna.

*hujjatlar namunalari ilova qilinadi.

Talablar

xorijiy tillarni o‘zlashtirganligi (rus, ingliz);
huquqiy, siyosiy ongiz shakllanganligi;
kompyuter texnologiyalaridan oqilona foydalana oluvchi;
tahliliy qobiliyatga ega, iqtidorli va kreativ fikrlovchi;
xalqaro munosabatlar sohasida tahsil olayotgan;
2,3,4-bosqichda ta’lim olayotgan bo‘lishi.

Ushbu klubga a’zolik Sizga quyidagi imkoniyatlarni taqdim etadi:

Tashqi ishlar vazirligi va uning tizimida, shuningdek, xalqaro tashkilotlarda o‘qishdan bo‘sh vaqtlarda ish o‘rganish;
olgan nazariy bilimlarni huquqni qo‘llash amaliyoti bilan bevosita uyg‘unligini ta’minlash;
klub tomonidan o‘tkaziladigan uchrashuv, yig‘ilish va tadbirlarda ishtirok etish;
kelgusida Tashqi ishlar vazirligi tizimida mehnat qilish imkoniyati.

— So‘rovnoma havolasi

**klubga o‘qishni tamomlaganlar a’zo bo‘la olmaydi.

Dedlayn: 25-avgust | 12:00

Telegram | Facebook | Instagram | Karyera