Get Mystery Box with random crypto!

Amaliyot bo‘yicha so‘rovnomada ishtirok etgan 2-3-bosqich tala | Talabalarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi | TDYU

Amaliyot bo‘yicha so‘rovnomada ishtirok etgan 2-3-bosqich talabalari diqqatiga!

Yozgi ta’til davrida doimiy yashash manzilidagi adliya organlarida o‘tash istagini bildirgan talabalar viloyat (Toshkent shahar, Qoraqalpogʻiston Respublikasi) adliya boshqarmasi kadrlar bo‘limiga, sudlarda amaliyot o‘tash istagini bildirgan talabalar viloyat umumyurisdiksiya sudi kadlar bo‘limiga borishingiz talab etiladi hamda u yerdan qayerda amaliyot o‘tashingizni aniqlashtirib olasizlar.

Amaliyotni prokuratura organlarida o‘tash istagini bildirgan talabalar uchun qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

Amaliyot o‘tash davrida talabalar:

belgilangan amaliyot o‘tash qoidalarga amal qilishi;
amaliyotga doimiy ravishda, o‘z vaqtida borishi;
qabul qiluvchi tashkilotdan biriktirilgan amaliyot rahbari topshiriqlarini o‘z vaqtida bajarishi lozim.

Telegram | Facebook | Instagram | Karyera