Get Mystery Box with random crypto!

Iqtisodiyot_《total essence》

Telegram kanalining logotibi law_of_lifee — Iqtisodiyot_《total essence》 I
Telegram kanalining logotibi law_of_lifee — Iqtisodiyot_《total essence》
Kanal manzili: @law_of_lifee
Toifalar: Iqtisodiyot
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 314
Kanalning ta’rifi

《The world of great economists》

Ratings & Reviews

3.50

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

1

1 stars

0


Oxirgi xabar 2

2023-01-05 06:06:05 Bozor tizimining samaradorligi haqida ko'p eshitgan bo'lsangiz kerak. Lekin, bu nimani anglatishini ko'pchilik tushunmaydi. Samaradorlik haqida gap ketganda birinchi navbatda, mavjud resurslarni optimal taqsimlashni tushunishimiz kerak. Bizning(Iqtisodchilarning) haqiqatimizning mazmuni shundaki - resurslar cheklangan, ammo bizning ehtiyojlarimiz cheksiz.

Tasavvur qilaylik, iqtisodiyotda 100 kishi istiqomat qiladi. Bizda 10 kg qulupnay, 50 kg go'sht va 100 kg kartoshka bor. Ushbu resurslarni odamlar orasida qanday taqsimlash kerak? (Misol shartli ravishda).

Masalan, siz resurslarni olishingiz va odamlar orasida shunchaki teng taqsimlab qo'yishingiz mumkin. Keyin har bir kishi 100 gramm qulupnay, yarim kilogram go'sht va bir kilogramm kartoshka oladi.
Barcha insonlar teng resursga ega bo'ldi.

Bu yerda muammo nimada? Biz bu yerda odamlarning ehtiyojlarini hisobga olmadik.
Masalan, kimnidir qulupnayga allergiyagasi bo'lishi mumkin, kimdir go'shtni printsipial jihatdan iste'mol qilmasligi va kimdir kartoshkani zararli sabzavot deb hisoblashi mumkun, yani odamlarning individual holatini taxminan bila olmaymiz.

Siz, albatta, kim nimani yoqtirishlarini bilish uchun odamlar orasida sorovnoma o'tkazib mahsulotlarni ularning xohish-istaklariga ko'ra taqsimlashingiz mumkin. Ammo, bu erda bir vaqtning o'zida bir nechta muammolar paydo bo'ladi. Birinchidan, so'rovlarni o'tkazish qimmatga tushadi, ko'p vaqt talab qiladi va ularning natijalari savollarning qanday ifodalanganiga yoki hatto kayfiyatga bog'liq bo'lishi mumkin. Masalan sorov vaqtida siz kartoshkani xohlashingiz mumkin, lekin uni olganingizda endi siz ko'proq qulupnayni istab qolishingiz mumkin lekin bu paytda kech bo'lgan bo'lishi mumkin. Ikkinchi muammo shundaki, so'rovlar odamlarning cheklovlari borligini ko'rsatmaydi. Shuning uchun ham odamlarning eng to'g'ri javobi - men hamma narsani birdan xohlayman qabilida bo'ladi.
Natijada shunchaki tarqatib qo'yish samarasiz bo'lishi mumkin.

Shunday qilib, qaror qabul qilish uchun bizga imkoniyatlar va ehtiyojlarini to'liq muvozanatlashtiradigan raqobatbardosh bozor kerak bo'ladi.


Xo'sh agar tovarlarni (resurslarni) egalariga shunchaki tarqatib qo'yish samarali bo'lmasa nima qilish kerak?
Javobi oddiy - xar bir tovarga narx belgilab, qolgan ishni bozorning o'ziga qoyib berish kerak xolos. Bozor xar bir iqtisodiy agenting xoxish istaklarini hisoblab narx orqali ularga signal yuboradi.
Narx - bu iqtisodiyot ehtiyojlari va uning imkoniyatlari to'g'risidagi ma'lumotlarni o'z ichiga olgan maxsus indeks. Muxtasar qilib aytganda narx tranzaksiyalar ustida to'g'ri proporsiya o'rnatishga yordam beradi.

https://t.me/LAW_OF_LIFEE
28 views03:06
Ochish/sharhlash
2023-01-05 06:05:03 Iqtisodiy fikrlash

Iqtisodiy fikrlash an'anaviy fikrlashdan farq qiladi. Iqtisodchilar "nimaga erishildi" degan savolni emas, "nima evaziga erishildi" (какой ценой) degan savolni berishadi.

Birov uni qildik, bunga erishdik, buncha narsa qurdik desa, iqtisodchi "nima evaziga" (какой ценой) deb so'raydi.

Bizga dunyodagi eng qimmat yo'lni qurib, shuncha yo'l qurdim deb maqtanishni nima keragi bor?!

O'rmonni payhon qilib, o'rniga chiroyli park qurib qo'yganni nima keragi bor?!

6 million tonna paxta beramiz deb maqtanib, 25 million odamni ovora qilganni nimasi yaxshi?!

Qilgan ishni foydasi bilan maqtanmay, xarajat va yo'qotishlarini ham aytish kerak, foyda va xarajatni solishtirib keyin xulosa qilish lozim.

https://t.me/LAW_OF_LIFEE
27 views03:05
Ochish/sharhlash
2023-01-04 14:32:41
Iqtisodiyot bo‘yicha 2022 yilgi Nobel mukofoti amerikalik iqtisodchilar - Ben Bernanke (AQSh Federal rezerv tizimining sobiq rahbari), Duglas Diamond va Filipp Dybviglarga nasib qildi. Iqtisodchilar “banklar va moliyaviy inqirozlarni o‘rganishganlari uchun taqdirlandilar”.

Nobel qoʻmitasi veb-saytida yozilishicha bu yilgi sovrindorlar “banklarning iqtisodiyotdagi oʻrni, ayniqsa, moliyaviy inqiroz davridagi tushunchalarimizni yangilagan, ularning tadqiqotining asosiy xulosalaridan biri - nima uchun banklar muvaffaqiyatsizliklarini oldini olish muhimligini tushunish”.
30 views11:32
Ochish/sharhlash
2022-12-31 20:23:30 Assalom-u alaykum__azizlar!
Kelayotgan yangi yil barchamizga muborak bòlsin!
Fikrlar, maqsadlar, orzular, xarakterlar evolyutsiyasi hali ham jarayonda, u tòxtamaydi__ulģayapsiz! Boshingizdan kechirayotgan hamma narsa, sizni siz sòragan hamma narsaga tayyorlayotgan bòlsachi_duxni baland qiling dòstlar! Alloh ilmingizni ziyoda qilsin!
Yangi yil muborak!
40 views17:23
Ochish/sharhlash
2022-12-31 09:55:53
Savdo jarayonida hissiyot 70 foiz, mantiq 30 foiz rol o'ynaydi.

Odamlar hissiyotlar asosida qaror qabul qiladilar, lekin keyin qaroriga mantiqiy asos qidiradilar.


https://t.me/iqtisodchilar_guruhi
42 views06:55
Ochish/sharhlash
2022-12-26 09:57:24
Ehtiyot bo'ling! Yozilgan maqsadlaringiz sizni muvaffaqiyatga olib kelishi mumkin...

Insonni har kuni barvaqt uyg'otadigan, yonib ishlashiga sabab bo'ladigan narsa bu — uning maqsadlari.

Shunchaki, buni tizimli ravishda amalga oshirish kerak. "My life planner" tadbirida shuni o'rganasiz.

Tadbir vaqti: 8-yanvar, 10:00-18:00

Qatnashish uchun: https://rebrand.ly/MFI48_tg

+998998020088
+998995020088

https://t.me/LAW_OF_LIFEE
57 viewsedited  06:57
Ochish/sharhlash
2022-12-25 22:33:55
#iqtisodiyot

Ushbu saytda siz mamlakat nomini yozishingiz va uning to'liq iqtisodiy ahvolini bilib olishingiz mumkin.

LINK wolframalpha.com/examples/society-and-culture/

《The world of great economists》
46 views19:33
Ochish/sharhlash
2022-12-21 11:54:03 Sotish qobiliyati — inson psixologiyasini bilishga to’g’ridan-to’g’ri bog’liq. Inson psixologiyasi esa o’zgarmaydi.

Ko’proq sotmoqchimisiz? Insonlarni o'rganing!
https://t.me/LAW_OF_LIFEE
55 views08:54
Ochish/sharhlash