Get Mystery Box with random crypto!

#takror bo'lsada, ta'til kunlaridagi noaniqlik, istalgancha qa | Iqtisodiyot_《total essence》

#takror bo'lsada, ta'til kunlaridagi noaniqlik, istalgancha qarorlarni o'zgartirish mavzusiga mos keladi!

vs
Tizmdagi aniqlik va shaffoflik iqtisodiy rivojlanishning ham sababi ham oqibati.

Agar "xususdan umumga" metodikasidan foydalansak, O'zbekistondagi ba'zi bir kichik holatni butun boshli mamlakatning holatiga qiyoslash mumkin. Aytaylik, oddiygina metro eshiklarining qaysi nuqtaga to'xtashi.

Koreyada metroning eshiklari ayan qaysi nuqtada to'xtashi chizib, oyoq izlarigacha ko'rsatib qo'yilgan. Daqiqalar va, hatto, "perisatka" uchun metroning qaysi eshigiga yaqinroq tursangiz tezroq borishingizgacha oldindan aniq qilib ko'rsatib qo'yilgan. Qisqasi hammasi tizimlashtirilgan va ommaga ochiqlangan.

Bizdagi eng katta muammo ham aynan shu tizimsizlikda. Ko'p narsani oldindan aniqlab olish qiyin va bu biznes rivojiga eng katta to'siqlardan. (Odamlarning shaxsiy rivojlanishi uchun ham...)

Ha, metro mavzusiga qaytsam... Bizda esa metro eshiklarini qayerga to'xtashini oldin bilish uchun yo mashinist bilan tanish bo'lishingiz kerak yo "tanish-bilish" lik qilishingiz kerak. (Bu ham metafora.)

Juda ham katta muammolarni tepadagilarning farmoni bilan bitta-da hal bo'lishidan ko'ra kichik bo'lsa-da muammolarni yechishning aniq tizimi ishlab chiqilgani meni ko'proq xursand qiladi.