Get Mystery Box with random crypto!

Ehtiyojmand oilalarga energetika to‘lovlari uchun 270 ming so‘ | Jahongir Latipov 💵

Ehtiyojmand oilalarga energetika to‘lovlari uchun 270 ming so‘m moddiy yordam beriladi.

Hukumat qarori bilan 1-maydan elektr energiyasi narxi quyidagi koʻrinishda oshadi:

- oyiga 200 kVt·soatgacha – 450 so‘m;
- oyiga 201 kVt·soatdan 1 000 kVt·soatgacha – 900 so‘m;
- oyiga 1 001 kVt·soatdan 5 000 kVt·soatgacha – 1 350 so‘m;
- oyiga 5 001 kVt·soatdan 10 000 kVt·soatgacha – 1 575 so‘m;
oyiga 10 000 kVt·soat va undan yuqori – 1 800 so‘mdan etib belgilanmoqda.

Shuningdek, 2024/2025 yil isitish mavsumida (noyabr – fevral oylarida) ehtiyojmand oilalarga 270 ming so‘m miqdorida bir martalik moddiy yordam o‘tkazib beriladi.

Biznes uchun tariflar kelasi yildan oshadi :

2025-yilning 1-aprelidan elektr energiyasi narxi barcha biznes uchun 1000 so‘mni tashkil etadi.

Biznes subyektlar uchun bir kubometr gaz 1 800 so‘mdan etib belgilanmoqda. Bunda, Avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari uchun bir kub metr tabiiy gaz 2 500 so‘mdan yetkazib beriladi.

Manba: Uza.uz
@latipovjahongir