Get Mystery Box with random crypto!

🇪🇸 LA LIGA | RASMIY ✔️

Telegram kanalining logotibi laliga_barsa_realmadrid — 🇪🇸 LA LIGA | RASMIY ✔️
Telegram kanalining logotibi laliga_barsa_realmadrid — 🇪🇸 LA LIGA | RASMIY ✔️
Kanal manzili: @laliga_barsa_realmadrid
Toifalar: Sport
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 23.96K
Kanalning ta’rifi

🇪🇸 La Ligai futbolidan zavqlaning!
🇪🇸 Ispaniya futbolidagi:
📰Yangiliklar
🏟Oʻyinlar
📺TV dasturlar
📊 Statistikalar
💬 Intervyular
💰 REKLAMA @Best_Channels24

Ratings & Reviews

4.00

3 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

1

3 stars

1

2 stars

0

1 stars

0


Oxirgi xabar 7

2022-06-16 15:20:15
Ikki afsona klublarini tark etishini ma'lum qilishdi.

@LA_LigaTM
2.8K views12:20
Ochish/sharhlash
2022-06-16 15:20:15
#Rasman. Vinisius "Real Madrid" bilan shartnomasini 2026-yilgacha uzaytiradi. Tovon puli 1 mlrd qilib belgilanadi. Maoshi sezilarli darajada oshiriladi. Fabrizio Romano buni tasdiqladi. Klub rasmiy qarorni iyulda e'lon qiladi.

@LA_LigaTM
2.7K views12:20
Ochish/sharhlash
2022-06-16 09:59:13 ​​2-qism. "Real" hamda "Real"ga aloqasi bor shaxslar haqida: Biz yosh o'yinchilarni tarkibga qo'shib olgan holda jamoani bosqichma-bosqich tiklayapmiz va buni davom ettiramiz. Karlodan juda minnatdorman. U ajoyib ishlamoqda. Modrich, Benzema, Kurtua… Ularning barchasi yetakchilar va yoshlarga katta yordam beradigan faxriylarimiz. Bir kun kelib Vinisius "Oltin To'p"ni qo'lga kiritadi. Vinisius bilan shartnomani uzaytirishda muammo bo'lmaydi. Unga bir nechta takliflar bor, biroq u faqat Madridda qolishni istayotganini allaqachon aytgan. Yangi "Bernabeu" 2022/2023-yilgi mavsum oxirigacha 100% tayyor bo'ladi. Benzema "Oltin To'p"ni qo'lga kiritadi. "Atletiko" bizga chempionlik yo'lakchasi tashkil qilmagani haqida? Men "Atletiko"ni hurmat qilaman, ular o'zlari xohlagan narsani qilishlari mumkin. Bu ahamiyatsiz.‌‌ Har kimning o'z urf-odatlari va qadriyatlari bor. Zidan PSJda? Men u bilan bu haqda gaplashmadim. Uning yuragida "Real Madrid" va Fransiya terma jamoasi borligini bilaman.‌‌ Yozda boshqa transferlar amalga oshiramizmi? Yangi o'yinchilar uchun joy bo'lmasa-da, ro'yxatimizda juda ko'p o'yinchilar bor. Ammo hali vaqt bor, hamma narsa bo'lishi mumkin. Hozircha biz yangi o'yinchilarning kelishi ustida ishlamayapmiz.‌‌ Serxio Ramos - "Real"da men ega bo'lgan eng yaxshi himoyachi. Uning Lissabondagi goli unutilmas.‌‌ Ramos klubga qaytadimi? Bu uning futbolchilik faoliyatidan so'ng nima qilishni xohlashiga bog'liq.‌‌ Men Beylni juda yaxshi ko'raman. U klub uchun ko'p ish qildi. Beylning Madrid tarixidagi o'rnini vaqt ko'rsatadi. U ajoyib futbolchi. Uning jamoaga qilgan yaxshiligi har doim hamma narsadan ustun turadi. Biz yangi "Bernabeu" Yevropadagi eng ajoyib maydon bo'lishini istaymiz. Azarga omad kulib boqmadi. "Real Madrid"ga o'tganidan so'ng ko'p o'tmay termadagi jamoadoshi tomonidan jarohatlandi (sobiq #PSJ futbolchisi Menye nazarda tutilmoqda). Lekin u kelasi yil uning yili bo'lishiga ishonmoqda. Hammamiz Azarga ishonishimiz kerak.

Muxlislarimizga rahmat aytishim kerak. Bu yilgi har bir bayram men uchun eng yaxshi mukofot bo'ldi. Meni biror bir aniq so'z bilan eslab qolishlarini xohlamayman. Men prezidentlikdan so'ng, klubimiz fondida ishlamoqchiman. Bolalarga yordam berishni xohlayman.


Intervyuning asosiy mazmuni shulardan iborat edi.

@LA_LigaTM
3.4K views06:59
Ochish/sharhlash
2022-06-16 09:59:13 ​​Avval xabar berganimizdek, "Real Madrid" prezidenti El Chiringuitoga intervyu berdi. Peres barchaga taniqli bo'lgan jurnalist Pedrerol bilan suhbatda bo'ldi va intervyu darhol Kilian haqidagi savollar bilan boshlandi (1-qism).

Florentino Peres:
Mbappe hozirda "PSJ" futbolchisi. Bir necha yil ichida nima bo'lishi mumkinligini ko'ramiz. Biz har doim tarkibimizni yaxshilashni xohlaymiz. Kelajakda nima bo'lishini bilmayman. Ammo hozir u "PSJ" futbolchisi. Mbappening ahvoli bir sababga ko'ra o'zgardi. Unga misli ko'rilmagan siyosiy bosim o'tkazildi.‌‌ Mbappe sotqinmi? U hech kimga xiyonat qilmadi. Lekin bu biz kutgandek bo'lmadi. Mbappe o'z orzusini almashtirdi. Men Mbappeni hozir ham yaxshi ko'raman, lekin ha, yaqin yillarda men uni "Real Madrid"ga olib kelmoqchi bo'lgan o'yinchi sifatida ko'rmayapman. Hech bir futbolchi “Real”dan ustun bo'la olmaydi.‌‌ Madridistlarning hafsalasi pir bo'ldi va men buni tushunaman. Lekin bu endi men Realga olib kelmoqchi bo'lgan Mbappe emas. Menimcha, u bosim tufayli fikrini o'zgartirdi. Agar shunday bo'lsa, "PSJ"da qolsin. "Real" Mbappening orzusi ekanligiga ishonardim. "Real" Mbappening orzusi ekanligiga ishonardim. Menimcha, uning onasi ham ko‘chib kelmoqchi bo‘lgan (Ispaniyaga), chunki u o‘g‘lining orzusini bilardi. 3 yildan keyin nima bo'ladi? Biz uzoqni ko'ra olmaymiz. Shuni aytmoqchimanki, bu endi men klubga olib kelmoqchi bo'lgan Mbappe emas. Ha, biz Makron Mbappega doimiy ravishda qo‘ng‘iroq qilganini bilamiz. U futbolchiga bosim o'tkazdi. Mbappe o'z qarori haqida menga shaxsiy xabar orqali ma'lum qildi, ammo men bunga ahamiyat bermadim. Hech kim bizning klubdan ustun bo'la olmaydi.‌‌ Holland? Bizda dunyoning eng yaxshi hujumchisi - Benzema bor. Biz Hollandni zaxira o'rindig'iga o'tkazish uchun shartnoma imzolay olmasdik. Bu boshidanoq aniq edi.‌‌ Mbappe ikki davlat tomonidan bosim ostida edi. Ammo takror aytaman - biz ko'rib turgan Mbappe Madridga kerak emas.‌‌ Men Mbappening yangi shartnoma tafsilotlarini bilmayman. Unga ko'proq siyosiy bosim ta'sir qildi. U vahimaga tushdi. Kilian pulni tanladimi? U nafaqat qulay yo‘lni, balki "PSJ"da yangi rolni ham tanladi. Mbappe uchun eshiklarimiz yopiqmi? "Real Madrid" nimaligini va klubdan yuqori bo'la olmasligini tushunadigan futbolchilar uchun Madridning eshigi doim ochiq.‌‌

Tebasning "PSJ" haqidagi arizasi? Menimcha, Tebas bizga yordam bermayapti. Bizda juda ko'p bahsli vaziyatlar bor. "Real", "Barselona" va "Atletik" birgalikda CVC shartnomasi bo'yicha La Ligani sudga beramiz. Laportaga CVC bilan shartnoma imzolash uchun katta bosim o'tkazildi. "Barselona" dunyodagi eng yirik klublardan biri, ular qiyin vaziyatni boshdan kechirishmoqda, lekin buni yengib o'tishadi. "Real Madrid" va "Barselona" - dunyodagi eng buyuk ikki klub, buni "El-Klasiko" paytida ko'rasiz.‌‌ Umid qilamanki, Levandovski "Barselona"ga o'tadi. Bu La Liga uchun ajoyib bo'ladi. La Liga rahbariyati o'zini "Barselona"ning sport direktoridek his qiladi va ular qachon klub kim bilandir shartnoma imzolashi mumkin, qachon qaysidir futbolchini qo'lga kirita olmasligini aytishadi. "Barselona" xohlaganini qilsin. Ularga bosim o'tkazmang. Men Tebas, Cheferin yoki Rubiales bilan qahva ichishim mumkin. Men hech kimdan ranjimayman, faqat Madridning manfaatlarini himoya qilaman. Men Tebasga CVC shartnomasi noqonuniy ekanligini aytdim. Kelgusi 50 yil davomida ular bizning televideniya huquqlarimizni tortib ololmaydilar.‌‌ "PSJ", "Chelsi" yoki "Manchester Siti"ni dushman deb hisoblamaymiz.‌‌ Cheferin bizni Chempionlar Ligasidan chetlatishidan hech qachon qo'rqmaganmiz. U Madrid bilan hazillashmasligi kerak. UEFA —
monopoliya. Biz nima sababdan UEFA Chempionlar Ligasi finalini o'tkazish uchun Parijni tanlaganini bilmoqchimiz. Bizga UEFAdan tushuntirish kerak.


@LA_LigaTM
3.1K views06:59
Ochish/sharhlash
2022-06-16 09:57:21
#Tezkor

Jasur Yaxshiboyevga Top-5 Chempionat Klublaridan ajoyib takliflar keldi
Uning narxi ham sezilarli darajada oshdi.
2.7K views06:57
Ochish/sharhlash
2022-06-16 07:26:29
Jaloliddinovning kechagi super goli 2020/21 yilgi mavsum Messi tomonidan PSJga urilgan golni eslatib yubordi

@LA_LigaTM
3.5K viewsedited  04:26
Ochish/sharhlash
2022-06-16 07:19:49
Klublar futboli qachon qaytishini bilib oling.

FUTBOL TV | KANALIGA A'ZO BO'LING

https://t.me/joinchat/AAAAAFgEBHZOc4irOp2Asg
3.4K views04:19
Ochish/sharhlash
2022-06-15 21:13:43
O'zbekiston yoshlari FINALDA! Barakalla yigitlar!

Osiyo Kubogi U-23 | 1/2 final

O'zbekiston U-23 2:0 Yaponiya U-23

Gollar: Jaloliddinov 60', Norchayev 89'.

FUTBOL TV | KANALIGA A'ZO BO'LING

https://t.me/joinchat/AAAAAFgEBHZOc4irOp2Asg
3.6K views18:13
Ochish/sharhlash
2022-06-15 20:48:32
GOOOOOOL

Osiyo kubogi U-23 | 1/2 final

O'zbekiston 2:0 Yaponiya

Gol: Norchayev 89

FUTBOL TV | KANALIGA A'ZO BO'LING

https://t.me/joinchat/AAAAAFgEBHZOc4irOp2Asg
3.5K views17:48
Ochish/sharhlash
2022-06-15 20:21:25
GOOOOOOL

Osiyo kubogi U-23 | 1/2 final

O'zbekiston 1:0 Yaponiya

Gol: Jasur 60

FUTBOL TV | KANALIGA A'ZO BO'LING

https://t.me/joinchat/AAAAAFgEBHZOc4irOp2Asg
3.6K views17:21
Ochish/sharhlash