Get Mystery Box with random crypto!

Oʻzbekiston — yangi Osiyo yoʻlbarsimi? Bu yerda Oʻzbekistonni | Laissez faire

Oʻzbekiston — yangi Osiyo yoʻlbarsimi?

Bu yerda Oʻzbekistonni yangi "Osiyo yoʻlbarsi" deb aytishibdi.

Eslataman, bu tarif Janobiy Koreya, Tayvan, Gonhkong va Singapur davlatlari uchun berilgan. Sababi, bu davlatlar iqtisodiyoti qisqa fursatlarda oʻsib ketgan. Rivojlanayotgan mamlakatlar qatoridan rivojlanganlari qatoriga qoʻshilgan.

Oʻzbekiston uchun bunday tarif berilishi biroz hayron qoldirdi. Bunga men iqtisodiyotimizga oʻta tanqidiy qarashim sababdir.

Lekin bu video buyurtma asosida qilingan boʻlishiyam mumkin. Baribir qiziq tuyuldi menga.

Balki hozirgi dunyodagi siyosiy holatdan bizni davlatimiz iqtisodiyotimiz uchun unumli foydalanib qolishi mumkinligi ehtimoli uchun shunday atashgandur.

Biroq meni pozitsiyam oʻzgarmadi. Oʻzbekiston hali boy davlat emas. Osiyo yoʻlbarslarini esa bemalol boy davlat deya olaman.