Get Mystery Box with random crypto!

Forbesʼga koʻra, oxirgi 12 oyda Messi Ronaldudan 15 mln dollar | Laissez faire

Forbesʼga koʻra, oxirgi 12 oyda Messi Ronaldudan 15 mln dollar koʻproq pul topgan.

Messi PSJʼga oʻtgandan keyin daromadi 3 barobarga ortgan.

Bu yilda sportchilar maoshdan koʻra marketing orqali koʻproq pul topishgan. Jumladan, kriptovalyutalar va NFT platformalari orqali pul topishyapti.

Messi okamiz Socious degan blokcheyn kompaniya bilan 20 mln dollarlik shartnoma imzolagan. Ronalduda shunaqa shartnoma yoʻqligi uni birinchilikdan mahrum qilgandir.

Forbes e’lon qilgan eng daromadli Top-10 atlet:

Lionel Messi, futbol, PSJ, 130 mln dollar;

Lebron Jeyms, basketbol, «Los-Anjeles Leykers», 121,2 mln dollar;

Krishtianu Ronaldu, futbol, «Manchester Yunayted», 115 mln dollar;

Neymar, futbol, PSJ, 95 mln dollar;

Stefen Karri, basketbol, «Golden Steyt Uorriorz», 92,8 mln dollar;

Kevin Dyurant, basketbol, «Bruklin Nets», 92,1 mln dollar;

Rojer Federer, tennis, Shveysariya, 90,7 mln dollar;

Saul Alvares, boks, Meksika/AQSH, 90 mln dollar;

Tom Bredi, amerikancha futbol, 2022 yil «Tampa-Bey Bakkanirs» safida faoliyatini tugatdi, 83,9 mln dollar;

Yannis Adetokunbo, basketbol, «Miluoki Baks», 80,9 mln dollar.