Get Mystery Box with random crypto!

​​Erinchoqlik! Bizning ashaddiy dushmanlarimizdan biri. U do | Ladies' club

​​Erinchoqlik!

Bizning ashaddiy dushmanlarimizdan biri. U doim maqsadlarimizga erishishda xalaqit beradi, u bizni juda yaxshi ko'radi, tashlab ketgisi kelmaydi, u bilan biz o'zimizni yengil his qilamiz (buni qilma ertaga ham vaqt bor-ku, hali ulgurasan ozgina dam ol, shunchasini qachon qilishga ulgurasan) lekin u faqatgina bizni hozirgi holatimizda, balki bundanda yomonroq holatda qolib ketishimizda xizmat qiladi. Inson dushmanini yengish uchun nima qiladi? Albatta kurashadi.

Keling bugundan boshlab biz ham ERINCHOQLIK bilan kurash olib boramiz. Buning uchun yuksak maqsadlarni ko'zlagan vaqtingiz ular uchun ozgina yaqinlashsangiz kifoya, erinmasdan birinchi qadamni tashlash ilk yutuqlaringizdan biridir!

Keyingi qiladigan asosiy vazifangiz esa tasavvur bo'ladi, ya'ni siz bir necha yildan keyingi o'zingizni tasavvur qilib ko'rishingiz kerak, bu holatingiz sizni qoniqtiryaptimi, yo'qmi? Odatda biz kelajakni faqat katta ish joyi-yu, ajoyib oila tarzida tasavvur qilamiz, albatta bu bo'ladi, faqat qachonki siz erinmasdan kelajagingiz uchun harakat qilsangiz!

Agar ushbu postni oxirgacha o'qigan bo'lsangiz bu ham bir yutug'ingizdir.

Telegram | Instagram