Get Mystery Box with random crypto!

ngliz sudlarida iste’fo berar, ingliz maktablari va kollejlari | DELF/DALF/TCF Français🗼

ngliz sudlarida iste’fo berar, ingliz maktablari va kollejlari hind talabalarisiz huvillar, odamlar qo‘lda to‘qilgan matolardan kiyim bosh tayyorlab yurishni boshlashadi. Bu hindlarning inglizlarga bergan kuch ishlatmaslikka asoslangan katta zarbasi bo‘ladi.

Biroq tanganing ikki tarafi bor deganlaridek, tobora faollashib borayotgan butun mamlakat miqyosidagi harakatni tizginda ushlab turishdek vazifani, hattoki, Gandining o‘zi ham boshqara olmasdi. Oradan bir yarim yil o‘tib, Gandi Satyagraha dasturini bekor qilishga majbur bo‘ladi. Sabab uning tarafdorlari Gandi har qancha kuch ishlatmaslikka chiqirishiga qaramasdan, politsiya idorasini yoqib yuborishgani bo‘ladi. Natijada barcha o‘quvchilar, talabalar yana avvalgiday ingliz maktablariga qatnay boshlashadi, huquqshunoslar inglizlar idoralaridagi ishga qaytadi.

Gandining o‘z siyosiy g‘oyalarida hind milliy dini, so‘z va atamalaridan keng foydalanishining ham badali bor edi. Hindistondagi musulmon jamoasi hinduizmning bu darajada yoyilishidan xavfsirardi. Chunki vaziyat shunday davom etadigan bo‘lsa, mustaqil Hindistonning yangi sahifasida musulmon hindlar uchun makon yo‘qdek tasavvur uyg‘otgandi. Musulmon ligasi yetakchisi Muhammad Ali Jinna Hindiston Milliy Kongressi bilan siyosiy hamkorlik qilishga intilardi. Ammo bir kuni Muhammad Ali Jinna Gandiga “janob Gandi” deya murojaat qilishi natijasida Gandi tarafdorlarining keskin noroziligiga sabab bo‘ladi va parlamentni tark etishga majbur bo‘ladi. Bu nizoni va ayriliqni keyin ham tuzatib bo‘lmadi. Chinni piyolaga darz ketgandi.

Gandining kuch ishlatmasdan qarshilik ko‘rsatish harakati butun dunyoga Gandini mashhur qiladi. Endi Gandi xalqaro ziddiyatlarni kuch ishlatmasdan qarshilik ko‘rsatish borasida maslahat berishni joiz deb biladi. Germaniyaning fashistlar qatag‘onlari qurboniga aylangan yahudiy millati vakillariga Gandining  vatandan va milliy mansubligidan voz kechmagan holda boshga tushgan barcha azob va qurbonliklarni tabiiy qabul qilish kerakligi haqidagi tavsiyalari g‘alati eshitilardi. Gandi 1939-yilda Adolf Gitlerga yozgan maktubida Gitlerni “Qadrli do‘stim” deya boshlar ekan “siz bo‘lajak urushni va uning qurbonlarini saqlab qolishga qodir insonsiz” deya maslahat beradi. Biroq oradan bir necha hafta o‘tgach, ikkinchi jahon urushi boshlanib ketadi. Britaniya janubi-sharqiy Osiyoda yaponlardan mag‘lub bo‘lgach, Gandi ingliz hukumatiga “sizlarning Hindistonni tark etadigan vaqtingiz bo‘ldi” deb murojaat qiladi. Gandining nazarida, agarda yaponlar Hindistonni bosib oladigan bo‘lsa, ularga kuch ishlatmasdan qarshilik ko‘rsatish mumkinligiga ishonchi komil edi. Ikkinchi jahon urushi paytida esa Hindiston Milliy Kongressining bir qator a’zolari Yaponiyaga qarshi ingliz hukumati kayfiyatini ifodalamagani uchun qamoqqa tashlanadi. Sabab bu ingliz ma’murlari nazarida, boz ustiga urush davrida, xiyonatning o‘zi edi.

Mustaqillik: Hindistonning bo‘linishi va Gandiga suiqasd

Ikkinchi jahon urushi yakunlanganidan so‘ng Hindistonning mustaqilligi hal qilingan bo‘lsada, ammo yaxlit mamlakat sifatida Hindistonni tasavvur qilib bo‘lmasdi. Musulmon jamoasi Hindiston Milliy Kongressi bilan umumiy til topisha olmas, Gandi esa hind – musulmon jamoasini yarashitirishga qodir emasdi. Gandining o‘zi esa yangi Hindistonda siyosiy biror bir mansabga ega bo‘lish taklifini rad etadi. Natijada, Hindistonning yangi hukumatini Javoharlal Neru, musulmon Pokistonda esa Muhammad Ali Jinna boshqaruvni o‘z qo‘l ostiga oladi. Gandi mamlakatni bunday tarzda bo‘linishiga qarshi bo‘lsada, amalda ularni birlashtirishga kuch bilan harakat qilishni yoqlamasdi.

Mahatma Gandi Kalkuttadan Dehliga qarab yo‘l oladi. Gandining Kalkuttadan ketishi bilan Hindistonning yirik shaharlaridan biri sanaladigan shaharda katta milliy inqiroz boshlanadi. Kalkutta hind tarixidagi eng mash’um qatliomning o‘chog‘iga aylanadi. Bu hindlarning musulmonlarga, musulmonlarning hindlarga qarshi kurashining avj nuqtasi edi. Bir tarafdan mutaassib hind dindorlari, boshqa tarafdan musumonlar va boshqa tarafdan har ikki guruhning kurashidan manfaatdor bo‘lgan siyosatdonlar bir