Get Mystery Box with random crypto!

Farg‘onada uyining tomorqasida 125 tup ko‘knori parvarishlab k | ▶️ KUN YANGILIGI | Rasmiy

Farg‘onada uyining tomorqasida 125 tup ko‘knori parvarishlab kelgan ayol ushlandi.

Farg‘ona viloyati Furqat tumanida taqiqlangan o‘simliklarni parvarishlab kelayotgan shaxs aniqlandi.

Ma’lum qilinishicha, 6-iyun kuni tuman IIB xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazilgan. Tadbir davomida “Eshon” qishlog‘ida yashovchi M.G. ismli ayolning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, xonadon tomorqasida 125 tup ko‘knori giyohvandlik o‘simliklarini parvarishlab kelayotgani aniqlanib, daliliy ashyo tariqasida olingan.

Holat yuzasidan Furqat tumani IIB huzuridagi tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 270-moddasi (taqiqlangan ekinlarni yetishtirish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kun Yangiligi l Instagram l Kinolar l Music