Get Mystery Box with random crypto!

Ustoz......... Balki hayoti davomida “oʻqi”degan soʻzni eng k | KVADRAT SCHOOL

Ustoz.........

Balki hayoti davomida “oʻqi”degan soʻzni eng koʻp ishlatadigan inson ustozdir. Shundanmi, ularning maqomi ulugʻ. Ularning yoʻllari sharafli. Qaysiki katta bir natijalarga erishgan insonlarni koʻrmaylik, ular muvaffaqiyatini ustozlari bilan bogʻlaydi. Yaxshi ustoz koʻrganligimdan, deydi.

Har bir oilada farzand uchun ilk murabbiy esa ota-ona. Ayniqsa, oʻgʻil farzand kamoloti uchun otaning oʻrni juda muhim.

Bir olimni oldilariga bir inson kelib bolasi ularga oʻxshashi uchun nima qilishi kerakligi haqida soʻraydi. Shunda ular “Sizning oʻzingiz otamga oʻxshagan boʻlishingiz kerak”, deb javob berganida ham hikmat boʻlgan.

Boshlangʻich sinfdagi yaxshi ustoz esa oʻquvchini kelajakda ilmga bogʻlanishiga yoʻl ochadigan muhim inson. Juda koʻp buyuklar ilk ustozlari haqida faxr bilan gapirishi sababi ham shunda.

Kanalimizga a'zo bo'ling
https://t.me/kvadratschool_uz