Get Mystery Box with random crypto!

U Ar-Rohiym bo’ladi-ku, meni rohmatidan chetda qoldiradimi? U | КЎЗЛИ ОТА МАСЖИДИ

U Ar-Rohiym bo’ladi-ku, meni rohmatidan chetda qoldiradimi?
U Al-Muhaymin bo’ladi-ku, meni himoyasidan to’sib qo’yadimi?
U As-Salam bo’ladi-ku, meni sakiynatdan bebahra qoldiradimi?
U Al-G’affar bo’ladi-ku, mening tavbalarimni qabul qilmaydimi?
U Al-Wahhab va Ar-Razzoq bo’ladi-ku, meni rizqidan, ne’matlaridan to’sib qo’yadimi?
U Ar-Rofi bo’ladi-ku, mening martabamni tushirib qo’yadimi?
U As-Sami’ bo’ladi-ku, meni eshitmaydimi?
U Al-Basir bo’ladi-ku, mening kechinmalarimni ko’rmaydimi?
U Al-Mujib bo’ladi-ku, mening duolarimni nazardan chetda qoldiradimi?
U Al-Vadud bo’ladi-ku, meni sevmaydimi?

Yo’q albatta! Toki men Al-Malik quli ekanman, Ar-Rohman rohmatidan ham, nazaridan ham chetda qolmayman.

@kuzli_ota_masjid