Get Mystery Box with random crypto!

#Baxt #formulasi Progress= Baxt Har doim maqsad qo'yamiz va | MiLLioneRLaR MakTaBi

#Baxt #formulasi

Progress= Baxt

Har doim maqsad qo'yamiz va hayolimizda unga erishsak baxtli bo'ladigandek tuyuladi. Harakat qilamiz va unga erishganimizdan keyin, bir muddat huzur olamiz. Keyin esa yana o'zimizni baxtsiz, hayotda nimadir yetishmayotgandek his qilamiz!

Bu sizga ham tanish holatmi???
Xo'sh buning sababi nima va nima qilsak baxtliroq bo'lamiz?

Gap shundaki, baxt maqsadga erishishda emas balki progressda(rivojlanish). Siz maqsadingizga tomon harakatlana turib rivojlanasiz. Hissiy va aqliy(ongiy) o'sasiz, ko'p yangi narsalarni o'rganasiz, manashu jarayonda sizda maqsad borligi va rivojlanayotganligingiz uchun ham siz o'zingizni muhim va baxtli his qilasiz.
Shuning uchun shunday maqsad qo'yingki, erishib bo'lganingizda huddiki ko'mir olmosga aylangani kabi siz ham qadrli, qimmatbaho, bebaho shaxsga aylaning va qiymatingiz bo'lsin!


TelegraM