Get Mystery Box with random crypto!

Muvaffaqiyat Kunlarning birida qurbaqalarning toʼdasidan ikki | MiLLioneRLaR MakTaBi

Muvaffaqiyat

Kunlarning birida qurbaqalarning toʼdasidan ikki qurbaqa chuqurlikka tushib ketibdi. Barcha qurbaqalar chuqurlik tepasida jamlanib olib - «Boʼldi endi, shu yerda oʼlib ketasizlar.. hadib sakrayverishdan foyda yoʼq" der edilar. Uzoqqa bormay, ikki qurbaqaning biri qoʼrquv va qattiq tushkunlik oqibatida nobud boʼldi. Ikkinchi qurbaqa esa, tinmay sakrashda davom etar edi. Har safar sakraganda, ilgargisidan balandroq sakrar edi. Аmmo, yuqoridagi qurbaqalar hamon : "Boʼldi qil endi.! Foydasi yoʼq" deyaverar edilar. Koʼp oʼtmay, boyagi qurbaqa chuqurdan chiqishga muvaffaq boʼldi. Tepadagi qurbaqalar qattiq taajjubda edilar. Soʼng undan soʼrashdi: "Qanday buni uddalay olding ?!" U jim turardi. Keyin bilsalar, uning quloqlari eshitmas ekan. Har safar uni sakrashdan qaytarganlarida, qoʼllab-quvvatlamoqdalar deb oʼylab, bu mushkul ishni uddasidan chiqqan ekan.

«Balki, eng zoʼri boʼlishingizga insonlarning Siz haqingizdagi gaplari toʼsqinlik qilayotgandir?»

Telegram