Get Mystery Box with random crypto!

Eng koʻp qurilish ishlari bajarilgan hudud maʼlum qilindi 202 | QUVASOY TV 🌐

Eng koʻp qurilish ishlari bajarilgan hudud maʼlum qilindi

2022 yilning yanvar-noyabr oylarida respublika boʻyicha 115,1 trln soʻmlik qurilish ishlari bajarilgan.

Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, bajarilgan qurilish ishlari hajmi oʻtgan yilning mos davriga nisbatan solishtirilganda 5,7 foizga oshgan.

Hududlar kesimida bajarilgan qurilish ishlari hajmida Toshkent shahri birinchi oʻrinni egalladi – 28,2 trln soʻm.

Ushbu koʻrsatkich qolgan hududlar kesimida quyidagicha koʻrinish oldi:

Toshkent viloyati – 10,4 trln soʻm;
Samarqand viloyati – 7,7 trln soʻm;
Fargʻona viloyati – 7,4 trln soʻm;
Buxoro viloyati – 7,3 trln soʻm;
Qashqadaryo viloyati – 6,8 trln soʻm;
Andijon viloyati – 6 trln soʻm;
Namangan viloyati – 6 trln soʻm;
Surxondaryo viloyati – 5,8 trln soʻm;
Navoiy viloyati – 5,5 trln soʻm;
Qoraqalpogʻiston R. – 4,7 trln soʻm;
Xorazm viloyati – 4,2 trln soʻm;
Jizzax viloyati – 3,1 trln. soʻm;
Sirdaryo viloyati – 2,6 trln soʻm.

@KUVASOYTVV | INSTAGRAM.COM/QUVASOYTVHD