Get Mystery Box with random crypto!

Jahonu bevafodin oxiri bir kun ketar bordur, Bu dunyo bir ravo | KUTUBXONACHI

Jahonu bevafodin oxiri bir kun ketar bordur,
Bu dunyo bir ravot, har kim qo'nib bir-bir o'tar bordur.
Ishonma bog'u-rog'u, molu-mulku, taxti-baxtingga,
Quyoshdin ibrat olgin turmayin, oxir botar bordur..

Agar ming yil umr ko'rsang, jahonga podishoh bo'lsang,
Bo'lib Hokim azallab, go'r arosida yotar bordur..
Ibodat aylagil Tangriga doim uxlamay tunlar,
Iymoningni salomat etgali necha xatar bordur..

Yigitlik davrini surgil, qarib toat qilursan deb,
Savobingga Xudo muhtoj emas deb o'rgatar bordur..
Haziniy bandalikda bas yurursan bexabar, g'ofil,
Kiro man kotibangkim xayru-sha'rringni bitar bordur..

#kutubxonachi #nasihat #ibrat #haziniy #ilim #uzbekistan

Kutubxonachi ‐ Rasmiy kanali.
kutubxonachi.uz | @kutubxonachiuz