Get Mystery Box with random crypto!

Android kutubxona📱

Telegram kanalining logotibi kutubxonaapk — Android kutubxona📱 A
Telegram kanalining logotibi kutubxonaapk — Android kutubxona📱
Kanal manzili: @kutubxonaapk
Toifalar: Texnologiyalar , Din
Til: Oʻzbek tili
Obunachilar: 1.59K
Kanalning ta’rifi

📲 Android smartfonlar uchun ajoyib dasturlar va kitoblar joylab boriladigan kanalga xush kelibsiz!
Sizda ham foydali dastur bo'lsa adminga yuborishingiz mumkin: @sigmaruler
Admin blogi: @Khojimurodoff_Abdullokh

Ratings & Reviews

3.00

2 reviews

Reviews can be left only by registered users. All reviews are moderated by admins.

5 stars

1

4 stars

0

3 stars

0

2 stars

0

1 stars

1


Oxirgi xabar 4

2021-12-02 15:07:58
Qatlnoma

"Qodiriyni anglamasligimizni boisi biz u yashagan zamonni tasavvur qilolmaymiz" degan edi zamonamiz adabiyotshunoslaridan biri...

Millat dushmanlari yani mustabid tuzumning vakillari Qodiriyning asarlaridagi millatni uyg'otuvchi chaqiriqlarni anglolmasdilar. Ularga doimgidek ichimizdan yordam berib yuborganlar...

Yaqinlaringizga ulashing
Android kitoblar
3.0K views12:07
Ochish/sharhlash
2021-12-02 10:04:12
Assalom-u alaykum, azizlar.

Rasmdagi yigit Mannopov Abror Toshkent viloyati Bo’ka tumani Mustaqil O’zbekiston MFYda yashaydi. 20 yoshli Abror jigar serroz bilan kasallangan. Shu kasallik tufayli u jigar ko’chirish amaliyoti uchun Hindistonga yuborilgan.

Operatsiya uchun 25 ming dollar kerak ekan. Hozirda saxiy insonlar yordami bilan 12 ming dollar yig’ilgan. Aytilgan mablag’ yig’ilmagani uchun operatsiya qilinmayapti. Sizlardan imkoningiz yetganicha Olloh yo’lida yordam qilishingizni so’raymiz.

Uzcard:
8600042375144952
Butayeva Kimyo (onasi nomida)

Visa card:
4278310020975686
Abrorbek Mannabov

Murojaat uchun:
+998948941073

Abrorbek haqidagi barcha ma'lumotlar:
https://telegra.ph/Abrorjonga-yordam-12-02

Agar sizda imkoniyatingiz yetmasa yordam guruh haqida, Abrorbekning ahvoli haqida yaqinlaringiz do'stlaringizga ulashing. InSha Alloh ehson qilganlar qatorida savob olishingizga ishonamiz.

Yordam guruhi: https://t.me/joinchat/Yxjd_Z1H9eIzZTc6
1.5K viewsedited  07:04
Ochish/sharhlash
2021-12-01 14:14:55 Ibodati islomiya: Ahmad Hodiy Maqsudiy

Ushbu kitob shariatimiz qoidalari ahli sunna val jamoa, xususan, hanafiy mazhabi ‎ko‘rsatmalariga asosan tushuntirilgan. Asar o‘tgan asr boshlarida o‘sha paytdagi til ‎meʼyorlariga mos ifoda va iboralar ila bitilgan. Bu yo‘sindagi ifoda hozirgi zamon ‎o‘quvchisining tushunishiga biroz qiyinchilik tug‘diradi, albatta. Shu bois muallif ‎tilini biroz bo‘lsa-da zamonaviylashtirishga jurʼat etdik.‎

Ushbu qo‘llanma keng kitobxonlar ommasiga mo‘ljallanib, e’tiqodu amal masalalarini o‘rganishda xizmat qiladi, degan umiddamiz.

Yaqinlaringizga ulashing
Android kitoblar
1.4K views11:14
Ochish/sharhlash
2021-11-30 12:09:36
"Baxt ulashing"

"Yilda bir bor sud idorasiga kel! Shunda Alloh taoloning senga bergan goʻzal xulqini anglaysan.

Oyda bir bor kasalxonaga kel! Shunda Alloh taolo bergan sogʻlomlik neʼmatini anglaysan.

Haftada bir bor istirohat bogʻiga kel! Shunda Alloh taolo senga bergan tabiatning goʻzalligidagi neʼmatini anglaysan.

Kunda bir bor kutubxonaga kel! Shunda Alloh taolo senga bergan aql neʼmatini anglaysan.

Har lahzada Parvardigoringga qayt!
Shunda Alloh taolo senga bergan hayot neʼmatini anglaysan."

Yaqinlaringizga ulashing
Android kitoblar
1.4K views09:09
Ochish/sharhlash
2021-11-28 10:27:07 Tibbiyot Ensiklopediyasi

Tibbiyotga oid eng zarur bilish zarur tushunchalar va ularning tavsiflari

Ushbu “Tibbiyot Ensiklopediyasi”da inson organizmida uchraydigan kasalliklar bilan bir qatorda, tibbiyot amaliyotida ko‘p ishlatiladigan tushunchalar, unga bog‘liq sohalarga oid atamalar, shuningdek, ayrim dori-darmonlar haqida ma’lumotlar berilgan.

Yaqinlaringizga ulashing
Android kitoblar
1.5K views07:27
Ochish/sharhlash
2021-11-26 08:17:21 Erkak yonimga o'tirdi va hech narsaga e'tibor qilmay, ko'zini yumdi. Uning farzandlari vagon ichida tinmay, qichqirar, to'polon qilar, narsalarni uyoqdan buyoqqa uloqtirar, hatto odamlarning qo'lidagi gazetaga ham tap tortmay teginardi. Bu holat ancha tartibsizlikni keltirib chiqardi. Lekin yonimdagi erkak churq etmasdi. Uning befarqligi meni hayron qoldirdi. Vagondagi boshqa odamlarning ham jahli chiqayotgani ko'rinib turardi. Nihoyat, sabrim kosasi to'lib, erkakka o'girildim va dedim:
-Janob, bolalaringiz ko'pchilikka xalal berayapti. Ularni nazorat qilsangiz bo'lmaydimi?
-Xa, siz haqsiz. Nimadir chora ko'rishim kerak. Gap shundaki, biz hozir kasalxonadan qaytayapmiz. Bir soat oldin rafiqam vafot etdi. Rosti, hozir nima qilishni ham, nima o'ylashni ham bilmayman. Bolalarim ham onasi vafotini ko'tara olmayapti chog'i...

Erkakning gaplarini eshitib vaziyatga boshqacha ko'z bilan qaray boshladim.

Muvaffaqiyatli insonlarning 7 ko'nikmasi

Yaqinlaringizga ulashing
Android kitoblar
2.8K views05:17
Ochish/sharhlash
2021-11-25 09:47:36 Al-jome’ as-sahih

Muhammad al-Buxoriy tomonidan to‘plangan eng ishonarli hadislar to‘plami (lotin va kirill alifbosida)

Ushbu kitob buyuk Vatandoshimiz Imom al-Buxoriyning “Al-jome’ as-sahih” asarining o‘zbek tilidagi tarjimasi hisoblanadi.

Imom al-Buxoriy ushbu kitob ustida 16 yil ishlagan bo‘lib, unga kiritilgan 7397 hadis 600 ming hadisning ichidan saralanib olingan.

“Al-jome’ as-sahih” kitobi arabchadan o‘zbek tiliga tarjima qilinib, 4 ta jildda 1991 va 1992 yillarda “Qomuslar bosh tahririyatida” chop etilgan.

Tarjimonlar:
1. Zokirjon Ismoil (1-jild. 1991 yil. Muqaddimadan Tarovih kitobigacha)
2. Xoja Muzaffar Nabixon o‘g‘li va Xoja Baxtiyor Nabixon o‘g‘li (2- jild. 1991- yil)
3. Rahmatulloh Qori Qosim o‘g‘li va Xoja Baxtiyor Nabixon o‘g‘li (3- jild. 1991- yil. G‘oziylarning fazilatlari va ular qilgan amali solihlar haqida kitobdan Ichimliklar haqida kitobgacha)
4. Abdulg‘ani Abdulloh (4- jild. 1992- yil. Bemorlar va tib haqida kitobidan Izohlar bo‘limigacha).

Android kitoblar
1.6K viewsedited  06:47
Ochish/sharhlash
2021-11-23 15:39:40
Zamonaviy tarbiya "qattiqqo'llik" davri bilan "hamma narsa mumkin" davrini o'zgartirib xato qiladi...

Farzandining yoshligida hamma narsa mumkin deya unga tanbeh bermagan ota onalar farzandi biroz ulg'aygach qattiqqo'llik qilishni boshlashadi. Va bu ko'pincha ularni anchayin qiynab qo'yadi. Yoshligida erkinlik berib keyin uni olib qo'yish xato, darxat niholligida tarbiyalanadi...

Bir yaxshi ota-onaning besh va to'rt yoshdagi ikki o'g'li bor edi. Bog'chada kichigini hamma xushchaqchaqligi va to'grligi uchun yaxshi ko'rar, katta o'g'ilni esa yoqtirishmas,chunki u xo'mraygan va yomon odatlardan mustasno emas edi.
Oxir oqibat tushkunlikka tushib,shifokorga murojaat qilishdi.Uzoq suhbatlardan so'ng aniqlandiki, katta o'g'il bir yosh bo'lganida olti oy mobaynida uni yosh enaga boqqan.
Yosh enaga esa moddiyat sababli tarbiyachilik bilan shug'ullangan va ko'pincha xo'mraygan tushkun kayfiyatda bo'lgan...

Masaru Ibuka
Uchdan keyin kech kitobidan...

Yaqinlaringizga ulashing
Android kitoblar
2.9K views12:39
Ochish/sharhlash
2021-11-22 09:20:23 Alixonto'ra Sog'uniy — "Tarixi Muhammadiy"

Islom tarixi va janob Payg‘ambarimiz Muhammad sallollohu alayhi vasallamning hayotlari va faoliyatlari to‘g‘risida hozirgacha arab, fors, turk va boshqa sharq va g‘arb tillarida juda ko‘plab asarlar yozilgan. Lekin Alixonto‘ra Sog‘uniyning ushbu asari ularning xulosasi bo‘lishi bilan birga, ma’lumotlarining ishonchli manbalardan olinganligi, har bir tarixiy voqea bayonidan keyin muallifning unga nisbatan o‘z fikr-mulohazalarini ibratli ravishda izhor etganlari va asarga imkoni boricha badiiylik kiritib har qanday kitobxonni o‘ziga rom etishi bilan alohida ahamiyat kasb etadi.
Ushbu ajoyib kitobning audio shakli ham sizlarga manzur bo‘lishiga, hamda Islom tarixi va Payg‘ambarimiz (s.a.v.) siyratlariga oid ilmingizni ziyoda qilishiga shubha qilmaymiz.

Yaqinlaringizga ulashing
Android kitoblar
1.5K views06:20
Ochish/sharhlash
2021-11-20 10:52:58
Insonning asl qiymati uning qalbi va aqlidan iborat. Insonni inson qilgan, qadri ulug'lanishiga sabab bo'lgan narsa ham uning qalbi va aqlidir...

Odamlarning: “Shariatda sharm yoʻq”, deb aytishlari xato. Zero, din tamoman sharm-hayodan iboratdir.
Toʻgʻri javob esa: “Ilm talab qilishda hayo qilinmaydi”...

Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
"Zuhd va hayo"

Yaqinlaringizga ulashing
Android kitoblar
1.6K views07:52
Ochish/sharhlash